22-bob. Sevgi nasliydir, degan hadis haqida 43. Abu Bakir ibn Xazm (r.a.) bir sahobiydan rivoyat qildilar. U sahobiy Rasululloh
(s.a.v.)ning:"Do’stlik albatta meros bo’lib (nasldan naslga) o’tadi", degan hadislarini
rivoyat qilib bersam, senga etarli nasihat qilgan bo’laman", dedilar.
23-bob. Otani ismi bilan chaqirmaslik haqida 44. Abu Hurayra (r.a.) ikki kishini ko’rib, ulardan bittasiga: "Bu kishi senga kim bo’ladi?"
- deb so’radilar. U: "Bu - otam bo’ladilar", degan edi, Abu Hurayra (r.a.): "Unday bo’lsa
otangni ismini aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda
o’tirma", deb nasihat qildilar.
24-bob. Otani kunya bilan chaqirish haqida 45. Shahr ibn Havshab (r.a.): "Biz Abdulloh ibn Umar (r.a.) bilan safarga chiqqan edik.
Shunda qaysi bir namoz vaqti bo’lganda o’g’illari Solim Abdulloh Ibn Umarga: "Namoz
vaqti bo’ldi, ey, Abu Abdurrahmon!" - deb o’z otasini kunyalari bilan chaqirdi, deydilar.
46. Abdulloh ibn Umar (r.a.) o’z otalari Hz. Umr ibn Xattob (r.a.) to’g’rilarida: "Ammo
Abu Hafs Umar shunday hukm qilgan edilar", degan edilar.
Abu Abdurrahmon - Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning kunyasi, Abu Hafs - Umar ibn Xattob (r.a.)ning kunyasi . 25-bob. Qarindoshlikni uzmaslik haqida 47. Kulayb ibn Manfaa bobosi Kulayb Hanafiy (r.a.)dan rivoyat qildi: U kishi
Rasulullohdan (s.a.v.): "Yo Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilishim kerak?" - deb
so’radilar. Rasululloh (s.a.v.): "Onangga, otangga, opa-singillaringga, aka-ukalaringga
va yaqin bo’lgan kishilaringga. Bu ish zaruriy burch va uzilmasligi kerak bo’lgan
qarindoshlikdir", dedilar.
Ya'ni kim silai rahmni uzgan va kim uzmaganligini ochiq bayon qilish uchun Alloh unga til beradi va bu til kimlarningdir foydasiga yo zarariga da'voni isbot qiladi. 1 Hz. Oyisha (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)dan keltirgan rivoyatlarida ham shu mazmun bor: bir kiish keksa yoshli hamrohi bilan Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga keldi. Rasululloh: "Ey, falon! Yoningdagi kim?"- deb so’radilar. "Otam", deb javob berdi. "U holda undan oldinda yurma! Undan yuqorida o’tirma, uning ismi bilan chaqirma, uni so’kishlariga yo’l quyma!" deb nasihat qildilar. Abu Hurayra (r.a.) shoyadki Rasululloh (s.a.v.)ning shu gaplarini eshitgan bo’lsalar, suhbatdoshlariga yuqorida keltirilgan nasihatini qildilar. 48. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Qur'oni karimda: "Yaqin qarindoshlaringizni (Alloh
azobidan) ogohlantiring!" (26:214), degan oyat kelgan vaqtida, Rasululloh (s.a.v.) turib:
"Ey, Ka'b ibn Luay bolalari, ey, Abdu Manof bolalari, ey, Hoshim bolalari, va ey,
Abdulmuttallib bolalari! Sizlar o’zingizni do’zax o’tidan qutqaring! Ey, Muhammadning
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
11
qizi Fotima! Sen ham o’zingni jahannam o’tidan qutqaz! Menga e'timod qilma, chunki
qiyomat kuni tashvishidan men seni qutqazishga qodir emasman. Ammo sizlar bilan
albatta qarindoshligim bor, uni men sizlardan uzmayman", deb oshkora nido qildilar.