35-bob. Zolim qarindoshiga silai rahm qilgan kishining fazilati 69. Barro ibn Ozib (r.a.) aytdilar: Bir a'robiy kelib: "Yo Rasulalloh! Meni jannatga
kiritadigan amalni o’rgating", dedi. Rasululloh (s.a.v.); "Sen xutbani qisqa qilgan
bo’lsang ham masalani keng qilding. Jonliqni ozod yil va kishini qulliqdan qutqazgan",
dedilar. A'robiy: "Bu ikkalasi bir gap emasmi?" - dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Yo’q, jonliqni
ozod qilish - uni qullikdan qutqazishing, mulikdan qutqazish esa, uni qarzdorlikdan va
jarima to’lashdan qutilishiga yordam berishingdir. O’zingga margub bo’lgan sogin sigir
(yoki quy)ni sutidan ichib, foydalanish uchun muhtojlarga vaqannchaga berib turishing
va qavmu qarindoshlarga yaxshshshk qilishingdir. Agar bularni qilish ko’lingdan
kelmasa, kishilarni yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytarasan. Buni ham qila
olmasang, faqat shirin so’zni tilingdan qo’ymaysan", dedilar .
Ya'ni bergan savolingning shakli qisqa bo’lsa ham, ma'nosi goyat chuqur, ahamiyati zo’r masalani o’rtaga tashlading, deyilmoqchi . 36-bob. Johiliyat davrida yaxshilik qilgan kishi haqida 70. Hakim ibn Hazom (r.a.) Rasululloh (s.a.v.) dan: "Men johiliyat zamonida silai rahm
qilish, qul ozod qilish va sadaqa berish kabi ishlar bilan mashgul bo’lgan edim. Endi
o’sha ishlarim uchun menga ajr-savob bo’ladimi?" - deb so’radi. Rasululloh (s.a.v.):
"Sen johiliyat zamonida o’tkazgan hamma yaxshi ishlaring bilan islom diniga kirgan
bo’lasan", dedilar.
Ya'ni johiliyat zamonida qilgan yaxshiliklaring behuda ketmaydi, Alloh hamma narsani bilguvchidir;johiliyat davrida qilgan solih amallaring uchun Uning fazli karami bilan ajr- savob beriladi. 19-bobdagi 26-hadis mazmuni 37-bobning 71-hadisida aynan takrorlangan. 38-bob. O’z urug-aymoqini bilish kerakligi haqida 72. Jubayr ibn Mutim (r.a.) Hz. Umar ibn Xattob (r.a.)ning minbar ustida turib gapirgan
quyidagi gaplarini eshitdilar: "Urug-aymoqlaringizni bilib olib, keyin ularga silai rahm
qiling! Men Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilib aytamanki, bir kishi o’z birodari bilan
oralarida bir narsa (yomon so’z) o’tadi. Agar ular oralaridagi qarindoshlik aloqasi
borligani bilganlarida edi, albatta bir-birlariga yomon so’z aytishdan va sha'niga
tegishdan o’zlarini saqlagan bo’lardilar".
73. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi: "Nasablaringizni yodda saqlang!
Shundagina siz qarindoshlaringizga yaqindan yondashgan bo’lasiz, chunki nasab
uzoqbo’lsa ham uni yaqinlashtirilsa, uzoqligi bilinmaydi. Ammo u yaqin bo’lsa-yu,
uzoqlashtirilsa, yaqinligi qolmaydi. Har bir qarindoshlik qiyomat kuni o’z egasining
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
yoniga kelib yaqinlashilgan bo’lsa, yaqinligiga, uzoqlashtirilgan bo’lsa, uzoqligiga
guvohlik beradi", dedilar.