Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
199
mo'minlar amiri", dedi Zayd (r.a.). Hz. Umar (r.a.): "Mening senga hojatim bor edi",
dedilar.
631-bob. Odamlar oldida balg'am tashlash haqida
1340. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Kishi odamlar oldvda balg'am ko'chgan
paytda kafti
bilan to'sib (odam-lar yo'q) yerga tashlasin. Agar ro'zador bo'lsa, o'zini yog'la-sin toki
unda ro'za ekanidan asar qolmasin".
632-bob. Birovga tegmaydigan qilib gapirish haqida
1341. Habib ibn Sobit aytdilar: "Sahobiylar bosh-qa kishiga
tegmaydigan qilib umumiy
tarzda gapirishni yaxshi ko'rishar edi".
633-bob. Birovning uyida alanglab qarayverish haqida
1342. Ibn Abil Huzayl aytdilar: "Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) bir kishini ko'rgani bordilar. U
bilan do'stlaridan yana bir kishi bor edi.
Uyga kirishgach, do'sti alanglayverdi. Abdulloh
ibn Mas'ud (r.a.) unga: "Xudo haqi, buvdan ko'ra ko'zingning o'yilib
tushgani yaxshi
edi", dedilar".
1343. Iroqliklardan bir guruh Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning huzuriga keldi.
Xizmatchilarning bo'yinla-rida oltin bezak bor edi. Ibn Umar ularga qarab: "Yovuz-lik
uchun bunchalar chaqqon bo'lmasangiz!" - dedilar.
Dostları ilə paylaş: