Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
75
470. Abu Dardo (r.a.)rivoyat qildilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimgaki muloyimlikdan
nasiba berilgan bo'lsa, unga yaxshilikdan nasiba ato qilingan bo'ladi va kim undan
maxrum qilingan bo'lsa, yaxshilikdan ham mahrum bo'lgan bo'ladi.
Kdyomat kuni
mo'min bandaning tarozusini og'ir qiladigan narsa yaxshi axloqdir. Alloh taolo yomon
so'z va yomon fe'llik kishiga albatta g'azab qiladi", dedilar".
471. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Nabiy muhtaram (s.a.v.): "Yaxshi sifatlik, salohiyatlik
kishilar
Qoqilib ketsa, ularni turg'azib qo'yinglar", dedilar".
Shu hadis yuqorida ko'rsatilgan turkcha nashrda "Solih amal sohibi bo'lgan kimsalarnshg
kichik xatolarini kechirib yuboring", deyilgan va u ham hz. Oyishadan rivoyat qilingan.
472. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasuli akram (s.a.v.): "Kimda axmoqlik va
nodonlik bo'lsa, hamisha uyatga qo'yadi. Alloh taolo latif va muloyimlikni sevadi",
dedilar".
473. Abu Said Xudriy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) parda ichida o'tirgan
qizdan
ham uyatchanroq edi-lar. Rasululloh (s.a.v.)ning bir narsadan ko'ngillari olinganini
ranglari o'zgarganidan bilar edik".
474. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Yaxshi siyrat,
chiroyli hay'at va har bir ishda iqtisodchilik yetmish xislatdan bir bo'lagidir", dedilar".
Yaxshi siyrat - xalq bilan yaxshi muomalalik bo'lish, chiroyli hay'at shaklni, ko'rinishni
yaxshi qilib yurish, iqtisod esa, har bir ish va harakatda, hatto ibodatda ham o'rtacha
holda bo'lishlik-ni kishi o'ziga lozim tutishidan iboratdir.
475. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men o'jar, bo'yin bermaydigan tevaga mingan edim,
Rasululloh (s.a.v.) uni urganimni ko'rib: "Muloyim bo'l, kimda muloyimlik bo'lsa,
husn va
kamolotga erishadi va kimda muloyimlik xislati bo'lmasa, u aybli va nuqsonli bo'ladi",
dedilar".
Turkcha nashrda hz. Oyisha (r.a.)dan quyidagi hadis rivoyapg qshingan: "Muloyim bo'l;
zero muloyishik insonni bezaydi. Kupollik kishini xunuk ko'rsatadi". (Imom Buxoriy.
Adabu-l-mufrad. Tarjima, tahrir va ta'-liq etuvchi Rauf Pahlavon, 2005, 191-bet).
476. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "O'ta baxillik va mol-mulkka xirs
qo'yishdan saklaning, chunki baxillik sizdan ilgari o'tgan kishilarni halok qilgan. Shu
baxilliklari tufayli ular bir-birlarining qonini to'kkan va qarindoshlikni uzib qo'yishgan.
Birovga zulm qilishlik qiyomat kuni zolimni qorong'ulikka tushiradi", dedilar".
Dostları ilə paylaş: