Haqiqat manzaralari 96
mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
143
Har qanday davomiylik intihosiz ibtido, ibtidosiz intihodir. Demak, har qanday davomiylik cheksiz
lahza, ibtido va intihoning bir xilligi in’ikosidir.
* * *
Tabiiyotshunoslarning
aytishicha, eng katta va buyuk tezlikning harakatsizlikdan farqi yo‘q.
Harakatsizlik eng katta, hadsiz tezlikdagi harakatdir.
* * *
Sezgi
tasavvurga, tasavvur — tafakkurga, tafakkur — aql-idrokka, aql-idrok fikrga evriladi.
* * *
Sezgi cheksizlikni ko‘rolmaydi. Shu bois sezgilardan buni talab qilmaslik kerak.
Sezgi vositasida
cheksizlikni ilg‘ashni xohlovchilar ko‘z bilan Xudoni va mohiyatni ko‘rishga intiluvchilarga o‘xshaydilar.
* * *
Faylasuflik qilishni istovchi avvalo hamma narsaga shubha bilan qaramog‘i joiz.
* * *
Insonning Yerdagi hayoti — urush holatidan o‘zga narsa emas. Chunki u dangasalarning
nochorligini yengishi, yuzsizlikni jilovlashi, dushman zarbasidan ogoh bo‘lishi lozim.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: