Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com кутубхонаси
209
mavjudligidan quvonadi.
* * *
Chin xushmuomalalikka aynan burch sifatida qaramoq joiz. Umuman, biz o‘zgalarga iltifotli
bo‘lmog‘imiz kerak.
* * *
Insonning burchlari to‘rt turga bo‘linadi.
1) O’z oldidagi burchi. 2) Oilasi oldidagi burchi. 3) Davlat oldidagi burchi. 4) O’zga odamlar oldidagi
burchi.
* * *
Or-nomus tamoyillarining asosiy qoidalaridan biri shundan iboratki, har bir odam kim bo‘lishidan
qat’i nazar, o‘z xatti-harakati bilan o‘zgalar undan ustun bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi joiz.
* * *
Inson o‘ziga xo‘jayin bo‘lmas ekan, tabiatga ham egalik qilolmaydi.
* * *
Inson bilim tufayligina barhayotdir. Bilim, tafakkur inson hayoti, barhayotligi negizidir.
* * *
Shiddat bilan tanazzulga yaqinlashib borayotgan xalqning taqdirini faqat dahogina saqlab qolishi
mumkin.
* * *
Haqiqatga qalb ko‘zi bilan boqmoq joiz. Tandagi ko‘z bilan uni ko‘rib bo‘lmaydi.
* * *
O’rni kelganda haqiqatni aytmaslik yaxshi emas. Bu narsa o‘zingni ham, o‘zgalarni ham tahqirlash
demakdir. Biroq layoqat yoki huquq bo‘lmaganda haqiqatni aytmagan ma’qul.
* * *
Oqilona maqsadga erishish uchun intiluvchi tirishqoq odamga irodaviy qudrat qanchalar zarur
bo‘lsa, qaysarlik shunchalar nomaqbuldir.
* * *
Men ko‘plab ajoyib fanlarni bilaman, ammo falsafadan ajoyibrog‘ini topolmadim.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
210
STENDAL (1783-1842)
Frantsuz adibi, faylasuf va insoniy ehtiroslar nazariyotchisi Stendal Frantsiyaning Grenbi shahrida tug‘ilib o‘sdi. Uning haqiqiy ismi Anri-Mari Beyl edi. Stendal 1800-1812 yillarda Bonapart qo‘shinida xizmat qilgan. Borodino janglarining guvohi bo‘lgan.