Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com кутубхонаси
135
* * *
Mamlakat ichidagi favqulodda farmonlar ham hukmdorlarga ulug‘vorlik bag‘ishlaydi...
Boshqacharoq aytganda, fuqarolardan biri diqqatga loyiq ishga qo‘l urganda hukmdor uni imkon
qadar uzoqroq yodda saqlanib qoladigan tarzda taqdirlashi yoki jazolashi foydalidir. Hukmdor uchun
eng asosiysi barcha amallari bilan yuksak aql-idrokka ega bo‘lgan buyuk inson shuhratiga erishishga
intilishdir.
* * *
Insonning izlagani va topgani o‘rtasidagi doimiy nomuvofiqlikdan kim bexabar?
* * *
Faqat to‘g‘ri qaror qabul qilishga umid bog‘lash yaramaydi. Har qanday qarorning shubhali ekaniga
tan berish kerak. Chunki odatda bir ko‘ngilsizlikka chap berib, ikkinchisiga ro‘para bo‘lamiz. Ammo
barcha ko‘ngilsizliklarni taroziga solib, eng oz darajadagisini ezgulik deb qadrlash aqllilikdir.
* * *
Yaxshilik ham xuddi yomonlik kabi nafrat uyg‘otishi mumkin.
* * *
Garchi yangi tartiblar odamlar ongini o‘zgartirsa-da, eskisini imkon qadar ko‘proq saqlab qolish
kerak.
* * *
Hech bir ish yo‘qki, uning amalga oshishi eski tartiblarni yangilari bilan almashtirishga nisbatan
og‘irroq, kechishi xavfliroq, muvaffaqiyati shubhaliroq bo‘lsin. Yangi tartiblarni joriy etishni boshlagan
har bir odamni eski tartib tarafdorlarining adovati, yangilaridan manfaatdorlarning beparvoligi kutadi.
Beparvolikni qisman qonun himoyasidagi raqibdan cho‘chish, qisman amaliyotda ijobiy baho
olmaguncha yangilikka ishonmaydigan odamlarning ishonchsizligi bilan izohlash mumkin. Eskilik
tarafdorlari imkoniyat tug‘ilishi hamonoq shiddat bilan xuruj qilganda, yangilik tarafdorlari sustkashlik
bilan mudofaaga o‘tadilar.
* * *
Faqat o‘zingga va jasoratingga asoslangan himoyadan yaxshirog‘i, ishonchlirog‘i, pishiqrog‘i yo‘q.