Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/184
tarix31.10.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#66902
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   184
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]

www.ziyouz.com кутубхонаси 
180
BENJAMIN FRANKLIN 
(1706-1790) 
Amerikalik faylasuf olim, siyosatchi, diplomat va ixtirochi Benjamin Franklin ingliz 
muhojiri Jozef Franklin oilasidagi 17 farzandning sakkizinchisi edi. Uning otasi 
hunarmand bo‘lib, sovun va sham ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Yosh Benjamin 
o‘zi mustaqil tahsil olgan. U birinchi bo‘lib tebranma o‘rindiqni ixtiro qilgan edi. 
1746 yilda Benjamin tasodifan doktor Spensning «fizika xonasi mo‘‘jizalari» seansiga 
boradi. U yerda ilk bor elektr mashinasi bilan tanishadi va elektr tajribalariga qiziqib 
qoladi.
1776 yilda u Farangistonga elchi sifatida jo‘natiladi. Benjamin Franklin Amerika 
Konstitutsiyasining mualliflaridan biri hamdir. 
Shuni aytish joizki, insoniyat tarixidagi eng ajoyib va buyuk ixtirolardan biri 
hisoblanmish yashin qaytargichni ham Benjamin Franklin o‘ylab topgan. U elektr 
sohasidagi kashfiyotlari va boshqa ko‘plab amaliy yangiliklari bilan jahonga dong taratdi. 
Faylasuf sifatida esa insoniy munosabatlar muammosini tadqiq etib, ko‘plab foydali 
amaliy tavsiyanomalar yozib qoldirdi. «Vaqt – pul», — degan mashhur hikmatning 
muallifi ham Benjamin Franklindir («Yosh savdogar uchun maslahatlar» asarida). Uning 
eng mashhur asarlari quyidagilar: «
Ozodlik va zaruriyat, huzur-halovat va iztirobga doir 
mulohazalar» (1725), «Boy bo‘lishni istovchilar uchun muhim maslahatlar», «Mo‘l-
ko‘lchilikka yo‘l» (1758), «Hushtak», maktub-hikoya, (1779). 
XVIII asr Amerikasi Benjamin Franklin kabi har tomonlama qobiliyatli va sermahsul 
odamni ko‘rmagan. Yozuvchi va noshir, olim va jamoat arbobi, diplomat va faylasuf 
Benjamin Franklinga vatandoshlari «Eng ilg‘or amerikaliklar orasidagi birinchi shaxs» 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin