Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/184
tarix31.10.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#66902
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]

www.ziyouz.com кутубхонаси 
107
BOESIY 
(480 (taxminan) -524 yillar)
Rimlik faylasuf, davlat arbobi Boetsiy go‘dakligidayoq otasidan yetim qoldi. Uni Rim 
shahrining hokimi Kvint Avreliy Memmiy Simmax o‘z tarbiyasiga oldi. Simmax o‘sha 
davrdagi eng ma’rifatli va olijanob mansabdorlardan biri bo‘lgan. 
Boetsiy Arastuning mantiqiy asarlari va Porfiriyning «Arastu toifasiga kirish» deb 
atalgan qo‘lyozmasini tarjima qildi hamda sharhlab berdi. 
Boetsiy VI asrning boshidayoq Aflotun va Arastu asarlarini lotin tilida to‘liq nashr 
etishni niyat qilgandi. U Arastuning bir nechta asarini tarjima qilib ulgurdi. Ammo 
Aflotunning ijodiga qo‘l urishiga bevaqt ajal xalaqit berdi... 
Boetsiy qirq yoshga yaqinlashib qolganda hukmdor Teodorix saltanatidagi eng oliy 
martabalardan birini egallab, qaynotasi Simmax bilan birgalikda senatdagi eng nufuzli 
shaxsga aylandi. 
Uning falsafaga bo‘lgan qiziqishi, yuksak so‘zlash va eshitish qobiliyati hamda keng 
ko‘lamli madaniy va siyosiy bilimlari ko‘pchilikda havas uyg‘otardi. Boetsiy «falsafa 
do‘stlari»ning to‘garagini ochdi. Bu to‘garakka Simmax va papa Ioann I ham a’zo bo‘lib 
kirishdi. Ularni falsafaga bo‘lgan qiziqishlaridan tashqari, Vizantiyaga ko‘hna madaniy 
qadriyatlar o‘chog‘i va Rim turmush tarzining yuksak namunasi deb qarashdek 
mushtarak fikrlar birlashtirib turardi. 
Hukmdor Teodorix saltanatida shuhrat cho‘qqisiga erishgan Boetsiyning saodatli 
kunlari uzoqqa cho‘zilmadi. Saroy a’yonlaridan biri Kiprian Teodorixga senator Albin 
go‘yoki Vizantiya imperatoriga yashirincha maktub jo‘natib turishi haqida xabar 
yetkazdi. Senat majlisiga zudlik bilan yetib kelgan Boetsiy bu chaquvni qat’iy rad etib, 
nutq so‘zladi. Pirovardida aybdorlik soyasi senator Albinga tushgudek bo‘lsa, uning do‘sti 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin