miqdorining neft tarkibida ko‘p bo‘lishi uning zichligining oshishiga olib keladi. Neft tarkibida
smolalarning bo‘lishi uning rangini to‘q qora bo‘lishiga va yonganda qurumlar hosil qilishiga
sabab bo‘ladi. Och rangli neft mahsulotlarida va moyli fraksiyalarda smola-asfoltenli
birikmalarning bo‘lishi zararli hisoblanadi, lekin bitum, koks va izolyatsion materiallar tarkibida
bo‘lishi esa zarur hisoblanadi.
Neft tarkibidagi oltingugurttarkibli birikmalar asosiy qismi asosan o‘zaro bog‘langan
holatda, ya’ni quyidagi oltingugurt organik birikmalar: merkaptanlar RSH (bu yerda R –
uglevodorod radikali), sulfidlar RS, disulfidlar RS-SR, tiofen S
4
N
4
S va uning hosilalari, ba’zi
hollarda vodorod sulfid va elementar oltingugurt ko‘rinishlarida bo‘ladi. Vodorod sulfid va
merkaptanlar kislotalik xossalariga ega hamda elementar oltingugurt faol oltingugurttarkibli
birikmalarni hosil qilib quvurlar va jihozlarning kuchli darajada korrozion yemirilishiga sabab
bo‘ladi.
Azotli birikmalar neft va uning mahsulotlari tarkibida deyarli juda kam miqdorda, asosan
smola-asfalten moddalari ko‘rinishida (0,3%) uchraydi Neft tarkibidagi azotli birikmalar: asosiy
- piridin yoki xinolin yadrosidan iborat va neytral – pirrol va indol gomologlaridan iborat
turlarga bo‘linadi. Neftni qayta ishlash jarayonida azottarkibli birikmalar fraksiyalar bo‘yicha
bo‘linadi va eng ko‘p miqdori (65-76%) qoldiq neftda to‘planadi.
Neft tarkibidagi mineral moddalar miqdori juda kam bo‘lib, neft namunalarini yoqqandan
so‘ng hosil bo‘lgan kul tarkibidagi elementlar miqdori taxminan quyidagi kamayish ketma-
ketligida bo‘ladi: S-O-N-P-K-Ni-I-Si-Ca-Fe-Mg-Pb-As-Cu-Ni-V-Sn-As.
Neft tarkibidagi kul miqdori turli xil neftlarda turlicha bo‘lib, 0,001% dan 0,8% gachani
tashkil etadi.
Konlardan qazib olinayotgan neftni tasniflash uchun uning kimyoviy tarkibi asos qilinib
olinadi. Ko‘p hollarda neft tarkibidagi uglevodorodlar miqdori va turiga qarab bo‘linadi.
Masalan, neft tarkibida parafinli (metanli) uglevodorodlar miqdori 65% dan ko‘p bo‘lsa parafinli
neft, naftenli uglevodorodlar 66% dan ko‘p bo‘lsa naftenli neft deyiladi. Shuningdek, naftenli-
metanli va aralash uglevodorodli neftlar mavjud.
Dostları ilə paylaş: