Ruza: peptidlar haqida tushunchalar va ularning fiziologik ahamiyati



Yüklə 291,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix01.11.2022
ölçüsü291,41 Kb.
#67019
1   2   3
4 Ma\'ruza Peptidlar haqida tuishuncha va ularning fiziologik ahamiyati

Neyropeptidlar. 50 dan ortiq turi bo‘lib inson va hayvon miyasida uchraydi. 
Bu peptidlar og‘riqni kamaytiradi, qo‘rquv alomatini keltiradi, eslash, o‘rganish 
jarayoniga va uyquni boshqaradi. 
Vazoaktivpeptidlar. Bu peptidlar tomir tonusiga ta’sir etadi. Bularga 
bradikinin, kallidin va angiotenzin kiradi. Birinchi peptid – 9 ta , ikkinchisi – 10 ta, 
uchinchisi – 8 ta aminokislota qoldig‘idan tuzilgan. Angiotenzin, tomirni 
qisqarishini boshqarish xususiyatiga ega bo‘lib, zardob oqsili antiotenzinni 
proteolitik fermentlar bilan gidrolizlanishi natijasida hosil bo‘ladi. 
Peptidli toksinlar. Peptid tabiatli toksinlar mikroorganizmlar, zaharli 
qo‘ziqorin, asalari, ilonlar, dengiz malyuskalari va chayon chiqaradi. 


Bu toksinlar oziq-ovqat mahsulotlarni (sut mahsulotlarni, go‘sht, baliq) 
saqlashda va ishlov berishda bo‘ladigan nuqsonlar natijasida hosil bo‘ladi. 
Botulin - eng kuchli zaharli modda. Enterotoksinlar - Salmonella va 
Clostridium perfringens bakteriyalarni rivojlanishida hosil bo‘ladi. Molekulyar 
massasi 36 kD. Tarkibi 19 ta aminokislotadan iborat. Ichak hujayralarini o‘ldiradi. 
Zaharli zamburug‘ rangsiz poganka - 10 ta siklik peptiddan tashkil topgan, 
molekulyar massasi 1000. 
Asalarini zaharli komponentlariga apamin peptidi kiradi. Apamin markaziy 
nerv sistemasiga ta’sir etadi. 18 aminokislota qoldig‘idan tashkil topgan. Dengiz 
molyuskasi – konotoksin, 13 aminokislota qoldig‘idan iborat. 
Peptidli- antibiotiklar. Bu guruh peptidlarga Bacillus brevis bakteriyasi 
sintezlaydigan gramitsidin S siklik antibiotik va Bacillus subtilius bakteriyasi 
sintezlaydigan surfaktin sirt-aktiv antibiotik kiradi. Ikkala antibiotik infeksion 
kasallik tarqatuvchi streptokokkga va pnevmakokkga qarshi kuchli antibiotik 
hisoblanadi. 
Mog‘or zamburug‘i Penicillium sintezlaydigan antibiotik dipeptid bo‘lib D-
valin va sisteindan tashkil topgan. 

Yüklə 291,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin