Inson bilan tashkilotning har qanday о‘zaro munosabati ikki tomonlama
xususiyatga ega. Inson о‘z mehnati, о‘zining harakatlari bilan tashkilot tomonidan
vazifalarning hal etilishiga yordam beradi. Bunda tashkilot insonganing xavfsizlik,
hurmat, о‘zini ifodalash, shaxsni shakllantirish, qо‘llab-quvvatlashga bо‘lgan
ehtiyojini qondirishda yordam bergan holda unga ta’sir kо‘rsatadi. О‘zaro
munosabatlar yaxshi yо‘lga qо‘yilgan, ichki hayot faol bо‘lgan tashkilotlarda
insonlar sog‘lom va yaxshi ahloqqa ega, ular tashqi ta’sirlardan yaxshiroq
himoyalangan bо‘lib, yakkalatib qо‘yilgan holatdagi yoki janjalli guruhlardagi
insonlarga qaraganda samaraliroq ishlashi qayd etilgan
.
Tashkilotning insonga
ta’sirlari turli
kо‘rinishlarga ega
.
Insonning xulqida
tashkilotning ta’siri ostida yuz beradigan ayrim jiddiy
о‘zgarishlar
quyidagilardan
iborat
.
Birinchi galda,
insonning
idrok qilish, motivatsiya, e’tibor sohasi,
baholash
tizimi kabi
xususiyatlarining
о‘zgarishi yuz beradi.
Inson tashkilotning boshqa
a’zolari manfaatlariga
e’tiborni kuchaytirish hisobian о‘zining e’tibor sohasini
kengaytiradi.
Ikkinchidan,
tashkilotda
inson
muayyan nisbiy «vazn»ga ega bо‘ladi.
Tashkilot nafaqat topshiriq va
rolni
taqsimlaydi
, balki har bir
insonning
pozitsiyasini ham belgilab beradi. Guruhning kо‘plab a’zolari uchun ushbu tavsif
ularning
tashkilotdagi lavozim
pozitsiyasidan muhimroq bо‘lishi mumkin.
Uchinchidan,
tashkilot
individga о‘z «men»ini yangicha his etishga yordam
beradi.
Inson о‘zini tashkilot
bilan identifikatsiyalay boshlaydi
.
Tо‘rtinchidan,
tashkilotda ishlab, qarorlarni ishlab chiqish va muhokama
qilishda ishtirok etib, inson hech qachon yakka
о‘zi
bermagan takliflar va
g‘oyalarni berishi mumkin.
Beshinchidan,
tashkilotda inson
о‘zi yolg‘iz harakat qilgandagiga qaraganda
kо‘proq
tavakkalchilikka
qо‘l urishga moyil. Bu
tashkilotda faolroq о‘zini tutish
manbai
hisoblanadi.
Tashkilot yakka va guruhiy xatti-harakat qoidalarini, majburiyatlar doirasini,
huquqlar va vakolatlarni, javobgarlik chegarasini, ishga doir muloqotlar
141
standartlarini belgilaydi. Insonlar xulqining zarur uyg‘unligiga tashkilot uchun
umumiy maqsadlarni qо‘yish, personalda tashkilotning qadriyatlarini his etishni
saqlab turish, tashkiliy xulq standartlarini qо‘llash hisobidan erishiladi.
Huquqiy normalar va davlatning dekretlari (siyosiy tartibga soluvchilar),
ishlab chiqarish-ma’muriy tartiblar, tashkilot
ustavlari va yо‘riqnomalari (tashkiliy
tartibga soluvchilar
), urf-odatlar, an’analar, jamoatchilik fikri (ijtimoiy
tartibga
soluvchilar
) shaxslar va guruhlar xulqining
tartibga soluvchilari
hisoblanadi
.
Shaxsning faoliyatini, uning
tashkiliy xulqini
reglamentlash bir qator
hujjatlar bilan
amalga oshiriladi, ularning asosiylari – lavozim yо‘riqnomasi va mehnat
shartnomasi (kontrakti).
Lekin tashkilot bilan о‘zaro hamkorlikda inson muayyan harakatlarni
bajaruvchi mexanizm sifatida emas, balki intilish, istak, his-tuyg‘u, kayfiyat va
tafakkurga ega bо‘lgan, muayyan e’tiqodga amal qiluvchi aqlli va ongli mavjudod
sifatida ishtirok etadi
.
Tashkilot insonni о‘zi xohlagan tarzda о‘zgartiradi, deb hisoblash notо‘g‘ri
.
Kо‘pincha
tashkilot
tomonidan
kо‘plab ta’sirlarga
inson uzoq vaqt qarshilik
kо‘rsatadi, kо‘plab ta’sirlarni u faqat qisman
qabul qiladi, ayrimlarini u tо‘liq inkor
etadi
.
Boz ustiga,
inson о‘zi uchun qulay bо‘lishi va unga о‘z majburiyatlarini
uddalash imkonini berishi uchun tashkilotga turli usullar bilan ta’sir etishga, uning
faoliyatiga о‘zgartirishlar kiritishga urinadi
.
Insonning guruhga ta’sir etish shakli
va
darajasi uning shaxsiy
xususiyatlariga hamda
guruhning xususiyatlariga
bog‘liq.
Kо‘pchilik
insonlarning
xulqi standart doiralarga qiyin moslashadi.
Standartlashtirish bilan
inson xulqining
xilma-xilligi hamda
inson xulqi
bilan
tashkilotdagi muhit
normalari о‘rtasidagi ziddiyatlarni olib tashlash uchun
insonning xulqini nima belgilab berishini, u о‘zini va atrofidagilarni qanday aniq
belgilashini, rag‘batlantiruvchi ta’sirlarga qanday munosabat bildirishini, uning
uchun nima maqbulligini bilish lozim. Tabiiyki, insonning xulqiga u о‘z oldiga
qо‘ygan maqsadlar, harakatlar keskin tus oladigan sharoitlar, uning imkoniyatlari,
kechayotgan jarayonlar va boshqa omillar katta ta’sir kо‘rsatadi. Omillar xilma-xil
142
bо‘lgani holda har bir insonning xulqi ma’lum barqarorlikka ega bо‘lib, uni
ma’lum darajada oldindan aytish mumkin.
Insonning tashkilot bilan о‘zaro munosabati
kooperatsiyalashish, qо‘shilish
yoki nizo
xususiyatiga ega
.
Birinchi holatda
inson bilan tashkilot
о‘rtasida yaxshi
munosabatlar
yо‘lga
qо‘yiladi.
Inson о‘zaro munosabatni yaxshilash yо‘llarini qidiradi, guruhning
qarorlarini ijobiy qabul qiladi va tashkilot
bilan munosabatlarni о‘zaro foydali
asosda saqlab turish yо‘llarini qidirishga tayyor
.
Insonning tashkilot
bilan
qо‘shilishida ular о‘rtasida taraflardan biri
ikkinchisiga u
bilan
organik bir butunlik sifatida qaraydigan
munosabatlarning
о‘rnatilishi kuzatiladi.
Inson о‘z maqsadlarini tashkilotning
vazifalaridan kelib
chiqib belgilaydi
, kо‘p jihatdan
о‘z
manfaatlarini
tashkilotning
manfaatlariga
buysundiradi va о‘zini
tashkilot
bilan identifikatsiyalaydi.
Tashkilot, о‘z navbatida,
individga sodiq insonga kabi qarashga intiladi.
Nizo yuzaga kelgan holatda
inson bilan tashkilot
manfaatlarining qarama-
qarshi qо‘yilishi va
ular о‘rtasida kurash kuzatiladi. Ushbu nizolarga
omillarning
ikkita guruhi sabab bо‘lishi mumkin:
-
tashkiliy omillar
(oldinda turgan
maqsadlar, о‘zaro munosabatlar,
rollarning taqsimlanishi va hokazolarga qarashlardagi
farq bilan bog‘liq);
- hissiyot
omillari
(
insonga
ishonmaslik, tahdid, qо‘rquv, hasad,
kо‘rolmaslik
va hokazolar bilan bog‘liq
).
Omillarning ikkinchi guruhi yuzaga keltiradigan
nizolarning bartaraf etilishi
qiyin.
Ta’kidlash lozimki,
tashkilot
rivojlangan sayin
personalning xulqini
о‘zgartirish
zarurati paydo bо‘ladi
. Tashkilot va uning rahbariyati inson xulqining
о‘zgarishiga faol ta’sir etishi mumkin. Buning uchun qо‘llaniladigan ta’sir etish
vositalari inson turgan vaziyatga qarab, uning xulqiga ta’sir kо‘rsatuvchi
omillarning butun xilma-xilligini hisobga olgan holda, birinchi galda ehtiyojlar va
faoliyat motivlarini, inson о‘z tajribasiga tayangan holda tashkilotdagi
о‘zgaruvchan muhitga mustaqil moslashishi uchun sharoitlar yaratilishini hisobga
143
olgan holda tanlanishi lozim. Buni nafaqat muayyan shaxsga ta’sir etish orqali,
balki xodimning tashqi muhitini о‘zgartirish yordamida hamda shaxs va tashqi
muhitga kombinatsion ta’sir etishni qо‘llash orqali amalga oshirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |