Ii bob. Menejmentni tashkil etish



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/18
tarix06.11.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#67584
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
2-mavzu

 
Nazorat savollari 
1. Boshqaruv tizimlarini moslashtirishning asosiy ikkita turini tushuntiring. 
2. Menejment tizimlarini loyihalashtirish deganda nima tushuniladi? 
3. Loyihalashtirish jarayonining asosiy bosqichlarini tushuntiring. 
4. Menejment jarayoni, funksiyalari va tashkiliy tuzilmasining о‘zaro bog‘liqligini 
asoslang. 
5. Loyihani joriy etish bosqichida qanday ishlar amalga oshiriladi? 
 
Tayanch iboralar: loyihalashtirish, maqsadga muvofiqlik, samaradorlik, obyektiv 
qonunlar, korxona rahbarlarining hayotiy qadriyatlari, gumanitar fanlar 
yutuqlari, korxona maqsadlari, tashkiliy tuzilma, tashkiliy madaniyat. 
 
2.3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning tashkiliy shakllari 
Mulk shakli va tashkil etish shakli xо‘jalik yurituvchi subyektlarni tasniflash 
uchun asosiy belgilar hisoblanadi. Mulk shakliga kо‘ra ular xususiy, davlat va 
jamoaviy bо‘lishlari mumkin. Shuni nazarda tutish lozimki, mol-mulk mulkchilik 
shaklidan qat’i nazar umumiy (ulushli yoki birgalikda) mulkchilik huquqlari 
asosida bir necha shaxsga tegishli bо‘lishi mumkin, bu turli xildagi xо‘jalik 
jamiyatlarining paydo bо‘lishiga olib keladi. Ular mol-mulkka birgalikda egalik 
qilish asosida yoki jamoaviy egalik qilish asosida tashkil etiladi. Xо‘jalik 
faoliyatini tashkil etish shakllariga qarab korxonalar va birlashmalarga ajratiladi. 


122
Korxona - yuridik shaxs huquqiga ega bо‘lgan, mahsulot yoki xizmatlarni 
sotuvchi mustaqil xо‘jalik yurituvchi subyekt. Korxona о‘z tarkibida yuridik 
shaxslarga ega bо‘lmaydi. Korxonaning yana bir о‘ziga xos xususiyati shundaki, u 
о‘z faoliyatini xо‘jalik hisobi tamoyillari asosida amalga oshiradi. 
Mulk shakllariga kо‘ra korxonalar davlat yoki xususiy bо‘lishi mumkin. 
Biroq, amaliyotda korxonalarni davlat, xususiy va jamoaviy korxonalar sifatida 
tasniflash tez-tez uchrab turadi, bu konstitusiyaviy normaga zid kelmaydi, chunki 
jamoaviy mulk - bu jamoa har bir a’zosi mulkining yig‘indisi, shuning uchun u 
xususiy mulkka kiradi. Bundan tashqari, mulkning qо‘shma va aralash shakllarga 
asoslangan korxonalar ham bо‘lishi mumkin. 
Korxona faoliyat kо‘rsatib turgan korxonalar, birlashmalar tarkibidan 
jamoaning tashabbusiga kо‘ra (agar bunga mol-mulk egasi rozi bо‘lsa) bir yoki bir 
necha tarkibiy bо‘linmalarning ajralib chiqishi natijasida tashkil etilishi mumkin. 
Korxonalar mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat: 
muassislarning pul va moddiy badallari; tovarlar va xizmatlarni sotishdan va 
faoliyatning boshqa turlaridan olinadigan daromadlar; qimmatli qog‘ozlardan 
olinadigan daromadlar; banklar kreditlari; kapital qо‘yilmalar va byudjetdan 
dotatsiyalar; beg‘araz yoki xayriya badallari; qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa 
manbalar. 
Birlashma — о‘zaro bog‘langan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab 
chiqarish jarayonlarining texnologik umumiyligiga, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotning bir xilligiga, birlashayotgan xо‘jalik yurituvchi subyektlarning 
hududiy yaqinligiga, ixtisoslashtirish, ishlab chiqarish, kooperatsiyalash, 
kombinatsiyalashning rivojlanganligiga asoslangan yagona ishlab chiqarish - 
xо‘jalik majmuidir. Birlashmalarning ikkita ikkita turi mavjud. 
1. Birinchi turning asosida firmalararo kelishuv yotadi, unga kо‘ra taraflar 
birgalikda egalik qiladigan yangi kompaniyani tashkil etmaydi va mavjud 
korxonalar aksiyalarini qayta taqsimlamaydi. Ularning munosabatlari shartnoma 
bilan tartibga solinadi. 


123
2. Ikkinchi turning asosida ikki yoki bir necha korxonani birlashtirish yotadi, 
buning natijasida mustaqil xо‘jalik yurituvchi subyekt hosil bо‘ladi. Birlashma ikki 
yoki bir necha yuridik shaxs, jismoniy shaxs yoki tashkilot tomonidan tashkil 
etilishi mumkin. Mulk huquqi birlashtirilgan kapitalga qо‘shilgan hissaga 
mutanosib ravishda taqsimlanadi. Birlashmalarning eng keng tarqalgan shakllari 
jumlasiga quyidagilar kiradi: konsernlar, korporatsiyalar, xoldinglar, franchayz 
birlashmalar, ofshor kompaniyalar, moliya-sanoat guruhlari. 

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin