Xordalilar hayvonot dunyosi sistematikasida yakunlovchi tip ekanligi; umurtqali



Yüklə 428,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix07.11.2022
ölçüsü428,77 Kb.
#67675
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-Maruza (2)

Astsidiyalar sinfi sistematikasi. Astsidiyalar sinfiga 1000 dan ortiq tur, 100 
ga yaqin urug’ va 3 ta turkum: yakka astsidiyalar, murakkab astsidiyalar va 
olovtanli astsidiyalar kiradi.
Yakka astsidiyalar (Monascidiae) turkumining vakillari 2-3 mm dan 40-50 
sm gacha uzunlikda bo`ladi. Bu turkumning orasida harakatchan turlari ham 
uchraydi. Masalan: sharsimon astsidiya (Waster ascidia) ana shunday harakatchan 
astsidiyalar turiga kiradi va ular suv tagi bo`ylab harakat qiladi.
Murakkab astsidiyalar (Synascidia) turkumi vakillarining kolonial 
kurtaklaridan rivojlangan astsidiyalar ona astsidiyalar bilan tutashgan bo`ladi. 
Bunday astsidiyalarda, bir nechtasi tashqaridan umumiy parda bilan o`rab olinadi 
va ularda bitta umumiy kloaka bo`ladi. Murakkab astsidiyalarda urug’lanish 
koloniyalar o`rtasida sodir bo`ladi. Chunki ona koloniya bilan qiz koloniya 
o`rtasida urug’lanish bo`lmaydi. 
Olovtanli astsidiyalar (Pyrosomata) turkumining vakillarida zigotadan 
astsidiyasimon koloniya asoschisi rivojlanadi. Undan kurtaklanish yo`li bilan 
to`rtta olovtanlilardan tashkil topgan guruh hosil bo`ladi va ular umumiy qobiq-
tunika bilan o`ralgan bo`ladi. Bu astsidiyalar koloniyasidagi har bir a`zosi 
halqumining oldingi qismida yorituvchi hujayralar guruhi bo`ladi. Bu hujayralarda 
yorug’lik chaqiruvchi simbiotik bakteriyalar yashaydi. Koloniyaning uzunligi, 
odatda 20-40 sm bo`lib, undagi har bir olovtanlining o`lchami 3-5 mm ni tashkil 
qiladi. Ayrim turlari koloniyasining uzunligi 3-4 m va hatto 30 m gacha boradi. 
Astsidiyalar barcha dengiz va okeanlarda tarqalgan. Ayrim dengizlarda 1 m 
kvadratda 8-10 mingtagacha astsidiya yashaydi. 1 gektar joyda astsidiyalardan 300 
kg gacha kletchatka olinadi. 
 
Salplar (Salpae) sinfi 
 
Salplar erkin suzib yuruvchi yakka va koloniya bo`lib pelagik hayot 
kechiruvchi qobiqlilardan hisoblanadi. Voyaga yetganlarida dumi va xordasi 
bo`lmaydi. Ularning gavdasi shaklan bodringga o`xshash cho`ziq yoki bochkaga 
o`xshash bo`ladi (3-rasm).
Gavdasining oldingi uchida kenggina og’iz teshigi va keyingi uchida kloaka 
teshigi o`rnashgan. Yakka yashaydigan turlarining uzunligi 5-15 sm gacha va 
koloniya bo`lib yashaydigan vakillarining uzunligi 30-40 sm gacha boradi. 
Salplarning gavdasi yupqa, tiniq qobiq – tunika bilan o`ralgan. Shuning uchun ham 
hayvonni halqa singari o`rab olgan tasmasimon muskullari tunikadan ko`rinib 
turadi. Salplar bu muskullarini oldindan orqaga ketma-ket qisqartirib, suvni kloaka 
teshigidan kuch bilan otib chiqaradi va o`zi oldingi tomonga qarab harakat qiladi. 
Salplar sinfi vakillari jinsiy usulda va jinssiz usulda kurtaklanib ko`payadi. 
Jinssiz usulda ko`payishda yakka salp gavdasining orqa uchida maxsus o`simta-
stolon hosil bo`ladi, bu stolondan jinsli qiz individlar ketma-ket kurtaklanib, 
zanjirsimon koloniya hosil qiladi. Ular o`z gavdasining tuzilishi jihatidan ona 
individga o`xshaydi, lekin maydaligi bilan farq qiladi. 



Yüklə 428,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin