21
-raq/-ra’k.
Kim ki ulugraq, an’a xidmat kera’k
a’l ki kichikra’k, an’a shafqat kera’k.
(Xamsa).
-mtul. qizimtul, qaramtul, yashimtul (Maboinul-lug’at).
Belgining kamligi darajasida sifatga xos bo’lgan asosiy belgining kamligini bildirmaydi,
balki boshqa belgida sifat ifoda qilayotgan belgidan qisman mavjudligini anglatadi.
Belgining ortiqligi va kuchliligi darajasi. Bu daraja sifatlarni to’liq va to’liqsiz takrorlash
hamda sifat oldidan ravishlarni keltirish orqali xosil qilinadi.
To’la takror: Men’izla’ri gu’l-gu’l, qabaglari ken’-ken’ (Navoiy). Ba`zan bunday
sifatlarning birinchi qismida chiqish kelishigi affiksi ham qatnashadi va manoning yanada
kuchaytirilishiga xizmat qiladi:
Zaxirim avqati yamandin-yaman (Navoiy).
To’liqsiz takror. Bunda birinchi bo’gin
p,m undoshlari ishtirokida takrorlanadi:
ap-achig,
ap-aq, yup-yumalaq, chup-chuqur, yam-yashil (Muxok.lug.).
Sifat oldidan ravish so’zlari keltiriladi:
Bagayat biyik kishi (Navoiy),
asru ken’ (Bobir).
Ta`kidlash zarurki,
-raq/-rak affiksli shakllarda qiyos manosi yo’q emas, balki belgining
kamligi manosi bosh manodir.
Savol va topshiriqlar:
1.Sifat yasovchi eski o’zbek tiliga xos bo’lgan qo’shimchalarni sanang.
2.Eski o’zbek tilida orttirma darajadagi sifatlar qanday xosil qilinadi?
3.Belgining ortiqligi va kuchliligi formalari qanday xosil qilinadi?
4.Sifat darajalari shakllanishining hozirgi o’zbek tilidan farqli tomonlarini izoxlab bering.
A d a b i y o t l a r
1. S.Ashirboyev, I.Azimov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T. 2002.
2. O’rinboyev B., Aliyev A., Tursunov U. O’zbek adabiy tili tarixi. T. 1995
3. Aliyev A., Sodiqov K, O’zbek adabiy tili tarixidan.T. 1996.
4. To’ychiboyevB. O’zbek tili tarixining davrlari. T. 1996.
5. G’.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov. O’zbek tiliining tarixiy grammatikasi. T.
2009.
Dostları ilə paylaş: