Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
146
Davlat begim gap boshladi: — Shayboniyxon sulh taklif qilib odam yubormish! 
Sulh so‘zi Boburning qulog‘iga najot ohangiday eshitildi. Ammo najotni hech qachon 
Shayboniyxondan kutmaganligi uchun quloqlariga ishonmay, ko‘zlarini buvisi bilan 
onasi-ga tikdi. Qutlug‘ Nigor xonim negadir qattiq iztirobga tushgan. Eson Davlat 
begimning qo‘lida zarhal hoshiyali qog‘oz. Kampir allanarsadan xijolat chekkanday 
bo‘lib: 
— Xonning nomasi, — dedi-da, qo‘lidagi qog‘ozga istar-istamas qarab qo‘ydi. 
Xonning nomasi nega eng avval buvisining qo‘liga kelib tushganidan Boburning taajjubi 
oshdi: 
— Nomani kim keltirdi? 
— Nufuzli bir darvish. Naqshbandiylardan. Rahmatlik Xo‘ja Yahyoga qo‘l bergan 
mo‘ysafid ekan. 
Bobur onasiga qaradi: 
— Sizga keltirib berdimi? 
— Yo‘q, — deb Qutlug‘ Nigor xonim ma’yus bosh chayqadi. 
Eson Davlat begim nomani Boburga uzatar ekan, uyalinqirab qo‘shib qo‘ydi: 
— Aslida bu noma Xonzoda begimning nomlariga kelmishdir. 
— Ajabo! — deb Bobur xatni jirkanibroq qo‘liga oldi. 
— Amirzodam, — dedi buvisi, — sizga aytishga ham uyalurmen... Shayboniyxon 
Xonzoda begimning ta’riflarini eshitib g‘oyibona dard chekarmish. Nomasida bir pora 
she’r ham bor. 
Bobur Shayboniyxonning bu yil ellik yoshga kirganini, o‘g‘illarini allaqachon uylantirib, 
nevaralik ham bo‘lganini bilar edi. Zaharxanda bilan nomani ochar ekan, eng avval 
she’riy satrlarga ko‘zi tushdi: 
«Sifatingni eshitib zor o‘ldim, 
Ishqing ilkiga giriftor o‘ldim». 
Boburning g‘ashi kelib, nomani gilam ustiga otdi: 
— Bu xon bultur Sulton Ali mirzoning onasi Zuhra begimga g‘oyibona oshiq bo‘lib noma 
yuborganini nechun unutdilaringiz? Nahotki, ishonib bo‘lsa?! 
Qutlug‘ Nigor xonim uh tortdi. Eson Davlat begim esa iloji boricha sovuqqonlik bilan 
gapira boshladi: 
— Amirzodam, boshqa vaqt bo‘lsa dushmaningizning bu nomasini o‘qishga ham hazar 
qilur edik. Lekin hozir jonimiz qil ustida. Men-ku, yoshimni yashab, oshimni 
oshaganmen, besh kun oldinmi, keyinmi, bari bir keturmen. Lekin siz farzandimning 
yolg‘iz o‘g‘li, ko‘zimizning oqu qorasi... 
— Men ham taqdirimda borini ko‘rurmen. Nasib qilsa yov halqasini yorib chiqurmiz! 
Boburning qaltis qarorini Qutlug‘ Nigor xonim Qosimbekdan eshitgan ekan shekilli, 
tahlika to‘la tovush bilan gapirdi: 
— Taqdir deb o‘zingizni o‘tga tashlamang, amirzodam! Bizni ham o‘ylang! Siz yov tig‘iga 
o‘zingizni ursangiz, biz ne qilurmiz? Umr yo‘ldoshingiz Oyisha begim ne qilur? 
Bobur bunday xatarli jangga ayollarni olib chiqib bo‘lmasligini endi o‘yladi-yu, onasining 
so‘zlariga javob topolmay qoldi. Bir lahzalik sukutdan so‘ng Eson Davlat begim gilam 
ustida yotgan nomaga ishora qilib, istehzoli kulimsiradi: 
— Buning kelganiga ikki kun bo‘ldi. Meni bilursiz, amirzodam. Ko‘p balolarni ko‘rib 
pishgan tadbirkor kampirmen. Noma keltirgan darvishni gapga soldim. Shubhalarimizni 
aytdim. Darvish qasam ichdi. «Xon astoydil sulh tuzmoqchi», deb bir talay dalil keltirdi. 
Bari-bir ishonmadim. «Bo‘lmasa vakil yuboring, xon o‘z niyatini qo‘lida qur’on bilan 
tasdiqlasin!» — dedi. Biz buni sizga aytishdan oldin o‘zimiz taftish qilmoqchi bo‘ldik. 
Rahmatlik Xo‘ja Yahyoga qo‘l bergan halolu pokiza bir mo‘ysafid bor edi. O‘shani darvish 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin