Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
149
Bobur orqaroqda turgan navkarlariga o‘girildi-yu, ko‘zi Tohirga tushdi: 
— Tez chorraha darvozasiga boring! Xonzoda begimni topib, mening buyrug‘imni 
yetkazing! Darhol bu yoqqa yetib kelsinlar! Begim kelmagunlaricha biz qo‘zg‘olmaymiz! 
Shuni borib ayting! 
— Amirzodam!.. — deb Qosimbek Boburga e’tiroz qilmoqchi bo‘lgan edi. Bobur unga 
quloq solmay yana Tohirga buyurdi: 
— Tezroq boring! 
Shiddat bilan chopayotgan otning taqalari toshlarga qarsillab urilib, ko‘chalarning tungi 
sukutini buzib o‘tdi. Tohir Chorraha darvozasiga yetib borganda Xonzoda begim tushgan 
mahofa mash’al ko‘targan otliqlar qurshovida qo‘rg‘ondan chiqib ketmoqda edi. 
Ko‘pdan beri davom etayotgan qamal yov qo‘shinini ham toliqtirgan, hamma urush 
tugashini sabrsizlik bilan kutar, agar Boburning opasi xonning shartini qabul qilsa, sulh 
tuzilishini ko‘p odam bilar edi. Endi shahardan mash’alalar yoqib, darvozani ochib 
chiqqan shohona mahofa va uning ichida o‘tirgan Xonzoda begim xon qo‘shiniga
tinchlik alomati bo‘lib ko‘rindi-yu, hammani uyg‘otib yubordi. Sulh keltirayotgan malika 
sharafiga naqoralar va karnay-surnaylar chalindi. 
Mahofa atrofiga mo‘ri-malahday qo‘shin to‘planib borayotganini Tohir ochiq darvoza 
orqali ko‘rdi-yu, otini tez orqaga burdi. Shayxzoda darvozasi oldiga uchib borib, hamma 
ko‘rganlarini Boburga aytib berdi. 
Shodlikka to‘lib yangrayotgan naqora sadolari, karnayning «vah-vaha-hu-u»si, surnay 
navosi bu yerlarga ham eshitilmoqda edi. Boburning nazarida, Xonzoda begim qari qiz 
bo‘lishdan qo‘rqib va ukasi dargohida tortgan kulfatlaridan bezib, Shayboniyxon huzuriga 
rohat-farog‘at izlab ketgan edi. 
— Dunyoda sadoqat yo‘q ekan! — dedi u alam bilan va otining jilovini siltadi: — 
Darvozani oching! 
Darvoza sekin ochildi. Choh ko‘prigi tushirildi. Olti oydan beri qo‘rg‘ondan chiqmagan bir 
dasta otlig‘u piyoda odamlar qorong‘i tunda yuraklarini hovuchlab, choh ko‘prigidan 
o‘tdilar. Atrof tahlikaga to‘la. Go‘yo har daraxt ortida bir o‘lim kutib turibdi. Yo‘llarda yov 
jangdovullari uchrab qolishidan xavotirlanib, yo‘lsiz joylardan yurdilar, chuqur ariqlardan 
o‘tdilar. Lekin biror joyda yovga duch kelmadilar. 
Samarqand qo‘rg‘oniga o‘ralib, uning olti darvozasini olti boshli ajdarhoday qo‘riqlab 
yotgan yov qo‘shinining butun diqqat-e’tibori xon qarorgohidan kelayotgan karnay-
surnay tovushiga va qal’adan go‘yo sulh timsoli bo‘lib chiqqan malikaga jalb bo‘lgan edi. 
Xonzoda begim xonning shartini qabul qilgandan so‘ng Boburni ta’qib etmaslik haqida 
butun qo‘shinga farmon berilgan edi. 
Xonzoda begim hamma balolarga o‘zini tutib berib ukasini yov qurshovidan xalos 
qilganini Bobur bilmasa ham Qutlug‘ Nigor xonim yaxshi bilar edi. Uzoqdagi naqora va 
karnay-surnaylar to‘y shodiyonasini eslatuvchi quvnoq kuylar chalgan sari Qutlug‘ Nigor 
xonimning yuragi qon bo‘lib, ko‘zlaridan duv-duv yosh to‘kilardi. 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin