Kutubxonasi



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə315/318
tarix10.11.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#68390
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318
yulduzli tunlar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
315
muomalalaridagi alohida muloyimlik ham shundan dalolat berar edi. Ularning e’tiqodiga 
binoan, Bobur o‘z hayotini o‘g‘liga qurbon qilgan, shuning uchun Humoyun tuzalib 
ketgan, endi ko‘zga ko‘rinmas ajal qilichi Boburning boshi ustida osilib turar edi. 
Ochiq aytilmaydigan, haddan ortiq mayin gaplar, ta’zimu tavozelar ostiga yashiriladigan 
bu mash’um ishonch Boburga juda og‘ir ta’sir qilar, goho atrofida aylanib yurgan o‘lim 
sharpasini uning o‘zi ham sezganday bo‘lardi. 
Mezon o‘tib, qavs oyi kirganda Boburning kasalligi battar og‘irlashdi. Biror joyida yara 
yoki shish yo‘q, nuqul ichi kuyadi, isitmasi ko‘tarilib, uxlay olmaydi, rangi kun sayin 
so‘lib boradi. Mavlono Yusufiy mamlakatning eng mashhur tabiblaridan uch-to‘rttasini 
chaqirtirib maslahatlashdi. Bemorning tomiridan qon olib ko‘rishdi. Qonning rangi 
sog‘lom odamnikidek tiniq emas, allanechuk iriganga o‘xshab qolgan edi. 
Tabiblar o‘zaro kengashib, «Malika Bayda bergan zaharning qonda asorati qolgan» 
degan xulosaga keldilar va qonni tozalaydigan dorilardan, anor suvidan ko‘proq berishni 
buyurdilar. 
Lekin bu narsalarning hech biri kor qilmadi. Bobur holsizlanib yotib qolgach, Humoyunga 
chopar yuborishdi. 
Humoyun kelsa, otasi o‘z xobgohida baland oq to‘shakda terga botib yotibdi. Rangi sap-
sariq bo‘lib ketgan. Boburning bosh tomonida Xonzoda begim pat yelpig‘ich bilan uning 
yuzini yelpiyapti. Oyoq tomonida Mohim begim g‘am-g‘ussaga botib, haykalday 
beharakat o‘ltiribdi. 
Humoyun tiz cho‘kib, otasining to‘shagini quchoqladi. Boburning ozg‘in qo‘lini o‘pib 
ko‘rishdi, so‘rashdi. So‘ng otasining bu ahvoliga o‘zi sababchi bo‘lganday yonib gapirdi: 
— Nechun bizga bunchalik jon fido qildingiz, hazratim? 
Bobur majolsiz tovush bilan: 
— Sen buni o‘zingdan ko‘rma, — dedi. — Illat qonda emish. Bilmadim... Har qanday olov 
ham yonib-yonib axiyri bir kun... — Bobur «o‘chadi» demoqchi bo‘ldi-yu, lekin ayollarni 
ayadi: — Alangasi pasayadir. Men umr bo‘yi ayovsiz yondim. 
— Biz uchun ham kuyib-yongansiz! Endi bu qarzlarni uzishga mening butun umrim 
yetmagay! 
— Qarzingni menga uzolmasang... farzandlaringga uzarsen... 
Bobur to‘xtab-to‘xtab so‘zlayotgan bo‘lsa ham ko‘nglidagi gaplarini ravon aytayotgani 
Humoyunni umidlantirdi. U otasining so‘zini bo‘lmay, jim quloq sola boshladi. 
— Temuriylarning ko‘pchiligi... fidoyilikni unutib... yo‘q bo‘lib ketdi. O‘g‘il otani o‘ldirdi. 
Og‘a iniga xiyonat qildi... Oqibatda... bari razolatning qurboni bo‘ldi... Undan ko‘ra.. 
yaxshilikning fidosi bo‘lgan afzal emasmi?... Mana ammang Xonzoda begim... 
Samarqandda meni qutqarib o‘zini asoratga soldi. Bu fidoyilik meni hamisha... shunday 
bo‘lishga undab keldi... Sen ham endi inilaringu... avlodlaringni mardlikka... fidoyilikka 
o‘rgatgin. 
Bobur to‘shakning orqa tomonidagi harir oq pardaning ortiga boshini burib qaradi. Parda 
ortida odam borligini Humoyun endi payqadi. 
— Tohirbek, juzdonni keltiring, — dedi Bobur. 
Shu vaqtgacha qimir etmay o‘tirgan Tohir endi tez o‘rnidan turdi-yu, tokchadagi katta 
charm juzdonning ichidagi yangi muqovalangan qo‘lyozmasi bilan ikki qo‘llab ko‘tarib 
keldi. 
— Badaxshonda, «Vaqoi’»ni so‘ragan eding, — dedi Bobur Humoyunga. — Mana, yozib 
tugatdim. Ol. 
Tog‘lar orasida Bobur: «Bu kitob bitganda mening umrim ham tugagay!» — degani 
Humoyunning yodiga tushdi. U juzdon ichidagi kitobni olib peshonasiga surib o‘par ekan, 
ko‘zidan tirqirab yosh chiqib ketdi. Yirik bir yosh tomchisi zarhal muqova ustiga tomib 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin