18
Nazariyada ilmiy g’oyalar, ya’ni unda aks ettirilgan ob’ektlar turkumi doirasida
amal qiluvchi fundamental qonuniyatlar haqidagi bilimlar markaziy o’rinni
egallaydi. Ilmiy g’oya mazkur nazariyani tashkil etuvchi qonunlar, tamoyillar va
tushunchalarni mantiqan izchil yaxlit tizimga birlashtiradi. Odatda sabablarni
aniqlash o’rganilayotgan ob’ektning mohiyatini ochish bilan bog’liqdir.
Nazariyaning vazifasi sababni aniqlagan holda hodisaning tabiatini tushuntirishdan
iborat.
Ilmiy nazariyani shakllantirishda unda foydalaniladigan atamalarni aniqlash
muhim. Aniqlash protseduralari ikki asosiy vazifani bajaradi: 1) mavjud
nazariyaga yangi atamalarni kiritish; 2) biror atamani uni boshqa atamalar
vositasida tavsiflash orqali ma’nosini namoyon qilish. Shunga mos ravishda ikki
kompleks masala yuzaga keladi: atamalar kiritishga oid masalalar va atamalarning
boshqa atamalar orqali aniqlanishiga oid masalalar. Shunday ham bo’lishi
mumkinki, nazariyaning biror atamasi «ortiqcha»lik qiladi. Bunda bu atamaga
tegishli tushunchani qolgan tushunchalar orqali ifodalash mumkin. Boshqacha so’z
bilan aytganda, nazariyani boshqa atamalar orqali aniqlanmaydigan atamalar sonini
kamaytirish yo’li bilan soddalashtirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: