7
SO”Z BOSHI
Respublikamizning mustaqillikka erishishi fanning turli yo’nalishlarda
rivojlanishiga keng yo’l ochib berdi. Ayniqsa, bugungi kunda maktabgacha ta’lim
tizimuga aloxida e’tibor qaratayotgani O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son “O’zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi, 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261-son “Maktabgacha ta’lim tizimini
tubdan takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi,2019 yil 8 maydagi
PQ-4312-son “O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlari,
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-
huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda xam ko’rinib turibdi.
O’zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida” gi
Qonunida maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimiga bolalarga ta’lim va tarbiya
berishga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik
va jismoniy jihatdan
rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o’rta ta’limga tayyorlashga
qaratilgan uzluksiz ta’lim turi sifatida ta’rif berilishi ham bugungi kunda bu
tizimga davlatimiz g’amho’rligining alohida na’munasini anglatishi tabiiy.
5A111801-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi
(maktabgacha ta’lim) “Maktabgacha ta’lim metodologiyasi” fani magistrlarga -
pedagogik tadqiqotlar metodologiyasini pedagogik muammo sifatida o‘rganish,
tadqiqot samaradorligini amalga oshirishda tadqiqotning
metodologik asoslariga
e’tibor berish, amaliy pedagogik faoliyat jarayonida tadqiqotlarni olib borishni
o‘rgatishmagistrlargailmiy tadqiqotlarni olib borishda, ilmiy apparat, ilmiy tadqiqot
ob`ekti, predmeti, ilmiy farasi kabilar, yo‘nalishlari, ilmiy tadqiqotni rivojlantirish -
ning mantiqiy asoslari, metodlari haqida bilim berishdan iborat
SHu nuqtai nazardan, bugungi kunda magistrlarning
ilmiy-tadqiqotning
nazariy asoslarini o’rganishi va egallangan bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishi
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Ijodning maxsus shakli bo’lgan ilmiy tadqiqot jarayoni o’ziga xos
metodologik xarakterga ega. Ilmiy-tadqiqot – bu insonning o’zi va atrofidagi
o’zgarishlarni anglab yetishga doimiy ravishda tayyor turish, yangicha tafakkur
8
qilish asosida o’z qobig’idan chiqa olishidir. Yangi narsalarni ixtiro etishga bo’lgan
intilish olimning nazariy huzur-halovatini namoyon etadi.
Bu jarayonda
olimlarimizning mashaqqatli mehnatlari va ijodiy izlanishlari alohida
ahamiyatga ega.
Bugungi kunda ko’plab olimlar ilm-fanning nazariy va amaliy
masalalarini ilmiy asosda tadqiq etmoqdalar. Bizning nazarimizda nazariy
g’oyalarni amaliyot bilan uyg’unlashtirish, kashfiyotlar yaratish va ixtirolar
qilishda buyuk olimlar tajribasidan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Chunki
ilmiy- tadqiqot jarayonida shaxs yoki jamoa jamiyat
taraqqiyotini ilgarilashiga
ta’sir qiluvchi yangilik yaratiladi.
Ilmiy
-tadqiqot faoliyati insonga o’z-o’zini anglash, o’z-o’zini baholashga
amaliy yordam beradi, ya’ni agar inson haqiqiy olim bo’lishni istasa, o’zining
ehtiros va intilishlarini boshqarishi, oqilona, samarali va optimal qarorlar qabul
qilishi, ezgulikka xizmat qiladigan evristik faoliyat bilan mashg’ul bo’lishi
lozim. Bunday faoliyatning
natijasi kashf qilish, yaratuvchanlik sifatida
namoyon bo’ladi. Ushbu holat, ilmiy-ijodiy faoliyatni tahlil qilish, tushunish va
unga baho berishda yangidan-yangi imkoniyatlarni ochadi. SHu nuqtai nazardan
ham ilmiy-tadqiqot jarayoniga oid yondashuvlarni yanada chuqurroq tadqiq etish,
uning o’ziga xos xususiyatlarini izlab topishga yordam beradi.
Ushbu qo’llanmada fanning rivojlanish bosqichlariga ta’rif
berish bilan bir
qatorda ilmiy tadqiqotni tizimli amalga oshirishning usul va vositalari haqida fikrlar
bayon etilgan. Ulardan yosh tadqiqotchilar o’z ilmiy faoliyatlarida foydalanishiga
umid qilamiz.
Magistr uchun ilmiy tadqiqot malakalari dissertatsiya tadqiqotini yuritish va
muayyan lavozimlarda yuqori malakali ishlarni bajarish uchun zarur, deb faraz
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: