Shayx Ismoil Maxdum. Toshkentdagi Usmon Mushafi tarixi
www.ziyouz.com kutubxonasi
14
(8696 h.) davrida, arab tili ona tillari bo‘lmagan ajam qoriylari ko‘payib, noto‘g‘ri talaffuz
tufayli odamlarning qiroatni tushunmay qolish hollari ziyodalashganda amalga oshirildi.
Ular «jim», «ho» va «xo»; «yo», «to» va «so»; «sod»va «zod»; «to»va «zo»; «sin» va
«shin» kabi shakli o‘xshash harflarni birbiridan ajratishda qiynalar edilar.
Ibn Xallikon «AtTashif» (Noto‘g‘ri talaffuz) kitobida Abu Ahmad Al-Askariydan
shunday hikoya qiladilar: “Odamlar qirq yildan ziyod, to Abdul Malik bin Marvon
zamonigacha Usmon Mushaflarini o‘qishda davom etdilar. Iroqda noto‘g‘ri tallafuz qilish
ko‘payib ketgandan keyin, Hajjoj o‘z kotiblarini chaqirib, ularga shakli o‘xshash harflarni
birbiridan ajratish uchun belgilar ishlab chiqishni buyurdi.
«Aytishlaricha, Nasr bin Osim bu vazifani o‘z zimmasiga oldi va nuqtalar qo‘yishni
odat qildi» (Marokkoda chiqadigan «Al Lisonul-arabiy»( «Arab tili») majallasi, 43-bet. 6-
son, 1388 y.h.).
U nuqtalarni bitta yoki ikkita qilib, harfning ustiga yo tagiga qo‘ydi. Nuqtalar harf
bilan bir xil siyohda yozilar edi, chunki ular harfning bir bo‘lagi, deb sanaladi. Bundan
kelib chiqadiki, arablar nuqta va harakat belgilarini hijriy birinchi asrning ikkinchi
yarmidan, ya’ni umaviylar zamonida ishlata boshladilar. Abul Asvad Duvaliy harakat
belgilarini va Nasr bin Osim nuqtalarni ixtiro qilmaguncha, ular arab yozuvida mavjud
emasdilar. Johiliyatdagi yoki hijriy asrning birinchi yarmidagi asarlarda harflar nuqta va
harakat belgilari, shuningdek, tovushni qisqa va uzun cho‘zish (madd) alomatlaridan holi
edi. Payg‘ambar (s.a.v.)ning maktublari (ularni yozishda kotiblar o‘zlarining yozuv
san’ati va tajvid bobidagi bor mahoratlarini ishga solar edilar, chunki, ular payg‘ambar
(a.s.) dan podshohlarga, amiru umarolarga yuborilgan bo‘lib, o‘z vazifasini to‘la ado
etishi uchun xati aniq va harflarning shakli to‘liq bo‘lishi kerak edi) ham nuqta va
belgilarsiz edi. Usmon Mushaflarida ham ular yo‘q («Muxallafotur-rasul» 124bet. )
Uch harakat belgilari (i’jom)ni esa Abbosiylar davrining boshlarida yashagan arab
tili fanining ustozlaridan biri Xalil Ahmad Farohidiy (vafoti 170 h va 786 m.y.) yo‘lga
qo‘ydi.
Bayhaqiy «Shu’abul-iymon»da yozishlaricha, Usmon Mushaflari keyinchalik tilshunos (nahviy) lar tomonidan ishlab chiqilgan imlo qoidalaridan farq qiladigan, o‘ziga xos shaklda yozilgan. Bu farq olti joyda namoyon bo‘ladi: hazf (yozuvda biror narsani
tushirib qoldirish), ziyoda (qo‘shimcha), hamza (arab tilida o‘ziga xos tovushni
ifodalovchi belgi), ibdol (bir harfni yoki so‘zni ikkinchisi bilan almashtirish), vasl (birini
ikkinchisiga qo‘shib o‘qish), fasl (birini ikkinchisidan bo‘lib o‘qish) belgilari va ikki xil
o‘qilishi mumkin bo‘lgan joylar. Isloh natijasida bir xil qoidaga muvofiq yozuv paydo
bo‘ldi. Natijada Qur’onning xati muqoyasa qilinmaydigan, o‘zgartirilmaydigan, ixtilof
qilinmaydigan va unga qat’iy amal etiladigan yozuvga aylandi. Bu qoidalarni bilish
Qur’onga taalluqli ilmlarning biridir.