Toshkentdagi Usmon Mushafining tarixi. Shayx
Ismoil Maxdum
www.ziyouz.com kutubxonasi
15
mushaflarning xar biriga bittadan olim qo‘shib, turli o‘lkalarga yuborgan edilar. Masalan,
Zayd bin Sobitga Madina ahliga, Abdulloh bin Soibga esa Makka ahliga qiroatni
o‘rgatishni amr etgandilar. Mana shu yo‘l bilan bir xil qiroat hamma tomonga yoyildi va
Usmon Mushaflaridan nusxalar olindi. Usmon Mushaflari
bosh kitob va murojaat
qilinadigan asl manba’ sifatida mo‘‘tabar va muqaddas sanalar, shuning uchun ham ular
qo‘riqlanadigan joylarda, nihoyatda ehtiyotkorlik bilan saqlanar edi.
Bora-bora ular
qimmatbaho yodgorlik sifatida xalifa va podshohlarning xazinalariga ko‘chirilib, odamlar
ko‘zidan uzoqlashdi. Agar kimning qo‘liga undan biror nusxa tushib qolsa, hech kimga
ko‘rsatmaslikka harakat qilar edi. Davlat to‘ntarishlari, turli
ixtilof va talon-tarojlar
oqibatida bu Mushaflarning ba’zilari boshqa mamlakatlarga olib ketildi. Ba’zilari har xil
shaxslarning qo‘liga tushdi, taqdiri esa noma’lum bo‘lib qoldi.
Muhammad Tohir bin Abdul Qodir Kurdiy o‘zining «Tarixul-Qur’on» nomli kitobida
shunday yozadi: «Biz Hijoz va Misr kutubxonalarida ko‘p izlanishlar olib bordik,
lekin
ularning mavjudligi haqida bizlarni qoniqtiradigan hujjatlar topmadik, faqatgina Qohirada
chiqadigan «Ad-dunya va kullu shay’» («Dunyo va harbir narsa») majallasining 1937 yil
24 avgust sonida bosilgan «Olmoniya olti oy ichida Hijoz podshosi hukumati bilan
tuzilgan bitimga muvofiq, xalifa Usmon Mushafining asl nusxasini qaytarib beradi»,
degan xabarga yo‘liqdik xolos. Bu xabarga ko‘ra, mazkur Mushaf
Madinadan turk qurolli
kuchlari tomonidan olib ketilgan bo‘lib, keyinchalik sobik, imperator Gilyom P ga
topshirilganligi isbot bo‘lgan».( «Tarixul-Qur’on», 119-bet.)
Dostları ilə paylaş: