1-mavzu: axborotni izlash
Aliqulov Boysung`ur
1-MAVZU: AXBOROTNI IZLASH VA AJRATIB OLISH
FANIGA KIRISH
Ma’ruza rejasi
1. Axborotni izlash (qidirish) tushunchasi
o
1.1. Axborotni qidirish jarayoni sifatida
o
1.2. Qidiruv usullari
o
1.3. So’rov va so’rov ob’ekti
o
1.4. Axborotni qidirish masalalari
o
1.5. Samaradorlikni baholash
2. Axborotni ajratib olish
o
2.1. Axborotlarni ajratib olishning maxsus masalalari
Foydalanilgan manbalar
Axborotni izlash (angl.
information retrieval) — axborotni qidirish jarayoni bo’lib,
axborotga bo’lgan ehtiyojni qondirish uchun strukturalashmagan hujjatlardan zarur
ma’lumotlarni izlash haqidagi fan sifatida rivojlanib kelmoqda.
Axborot izlash – bu ma’lum bir hujjatlar (matnli) to’plamidan oldindan belgilangan
shartli mavzu (so’rov) yoki zarur (axborotga bo’lgan ehtiyojni qondirishga tegishli)
ma’lumotlarni, faktlarni, xabarlarni izlash – aniqlash jarayoni.
Qidiruv jarayoni ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va taqdim etishga
qaratilgan operatsiyalar ketma-ketligini o’z ichiga oladi.
Umumiy holda axborotni qidirish to’rtta etap (bosqich)dan tashkil topgan:
o
- axborotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va axborot so’rovini shakllantrish;
o
- mumkin bo’lgan axborotlar massivining egasini (manbasini) aniqlash;
o
- aniqlangan axborot massividan ma’lumotlarni ajratib olish;
o
- olingan axborot bilan tanishish va qidiruv natijasini baholash.
Izlash (qidiruv) shakllari
To’liq matnli qidiruv
Meta ma’lumotlar (metadata) bo’yicha qidirish