5.
RINOSINUSOGEN KO’Z KOSASI ASORATLARI.
Tibbiyot rivojlanishining hozirgi zamonaviy bosqichida rinosinusogen ko’z
kosasi asoratlari qo’rqinchli asoratlardan biri bo’lib qolmoqda. Bu kasalliklarning
qiyosiy tashxisida va shu kasalliklarga birinchi yordam ko’rsatishda ko’pincha
kechikiladi. Natijada ko’rish analizatorida qaytmas jarayonlar keltirib chiqaradi,
ayrim hollarda o’lim holati bilan tugashi mumkin.
Adabiyotlardagi 10 yillik ma’lumotlarda ko’z kosasi asoratlari oshganligiga dalil
bo’lmoqda (Blagoveshanskiy N.S., 1992; Ribak A.A., Matveeba T.V., 1994;
Mashkova T.A., Bakulina L.S., 1996; Arifeva N.A., Kuramishin A.F., Siglin A.A
va boshq., 1998; Deryugina O.V., Chumakov F.I., 2001; Quahes O., Kalamaridws
M., Redondo A. et al., 1995). Sinusitlar bilan kasallangan bolalarda rinogen ko’z
kosasi asoratlari 0,5-14,7 % , kattalarda -0,5 - 8,5% hollarda uchrashi qayd etilgan.
Har yili bo’lib o’tadigan gripp epidemiyasi surunkali sinusitlarni xurujini
keltirib chiqaradi, shu navbatida ko’z kosasi va kalla ichi asoratlariga ham sabab
bo’ladi. Bemorlar orasida samarasiz davo kurslari o’tkazilganligi uchun, shu guruh
bemorlarda 9-40% hollarda o’lim kuzatilgan (Arifeva N.A., Kuramishin A.F.,
Siglin A.A va boshq., 1998; Deryugina O.V., Chumakov F.I., 2001; Quahes O.,
Kalamaridws M., Redondo A. et al., 1995).
Burun yondosh bo’shliqlari va burun bo’shlig’i kasalliklari natijasida ko’z
kosasi asoratlari ko’paymoqda. Bunga sabab mikrob florasini virulentliligini
oshishi, bakteriya va viruslar assotsiatsiyasi, shartli patogen florani aktivlanishi,
immun sistemani reaktivliligini pasayishi hisoblanadi. Bundan tashqari shifokor
tavsiyasiz bemorlarning o’z boshimchalik bilan antibiotiklar qabul qilishi ko’z
kosasi asoratlarini oshishiga sabab bo’ladi.
Infeksiya’ni tarqalish yo’llari.
Ko’pincha infeksiya burun yondosh bo’shliqlaridan kontakt yo’l orqali ko’z
kosasiga o’tadi. Yiringli sinusitlarda yiring bo’shliqlardan burun bo’shliqg’iga
chiqa olmasligi natijasida, yiring evakuatsiyasi buziladi. Natijada bo’shliq ichida
bosim oshdadi, keyinchalik bo’shliq devorida o’zgarishlar kelib chiqadi. Birinchi
navbatda bo’shliq shilliq qavati o’zgaradi. Shilliq osti qavatida hujayralar atrofida
infiltrasiya rivojlanadi, unga qo’shimcha bo’shliq ichida yuzaki va chegaralangan
yarali o’zgarishlar kelib chiqadi. Keyinchalik bu o’zgarishlar chuqurroq
o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Natijada butun shilliq qavatning barcha
qavatlarida yallig’lanishli o’zgarishlari kelib chiqadi. Agar jarayon shu davrda
to’xtamasa, keyingi bosqich bo’lib suyak usti pardasi hisoblanadi va nihoyat
suyakkatsha yetib boradi.
Jarayon uzoq davom etishi natijasida ko’z kosasining periost qavatigacha
davom etadi. Ko’z kosasining devori juda nozik, suyak usti pardasi bilan
tarzoorbital fastsiya yengil bir- biridan ajraladi, faqat devorning suyak qirralari
bilan juda mustahkam bog’langanligi uchun, shu joyda subperiostal abssess
rivojlanishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari ko’z kosasini suyak devorida yoriq
va teshiklar joylashgan. Shu teshiklar orqali nerv va qon tomirlar o’tadi, hamda shu
anatomik yoriqlar orqali infeksiya ko’zga tarqalishi mumkin bo’ladi. Ayrim
hollarda infeksiya ko’z kosasiga degissentsiyalar orqali tarqaladi. Ko’z atrofidagi
yumshoq to’qimalar- qovoq va konyunktiva yallig’lanish jarayoniga sezgir bo’lib,
sinusitlarda ko’z kosasi yumshoq to’qimasi reaktiv shish bilan namoyon bo’ladi.
Yallig’lanish jarayoni ko’z kosasiga mayda venoz qon tomirlari (vv.
perforante), yuqori vena qon tomiriga quyuluvchi venoz tolalari orqali o’tishi
mumkin. Bolalarda limfogen yo’l orqali infeksiya’ni tarqalishi ko’proq uchraydi.
Rinosinusogen ko’z kosasi asoratlarini kelib chiqishida bir necha xil nazariyalar
mavjud bo’lib, ularning ichida P.R. Morgan va W.V. Morison (1980) nazariyalari
mashhurroq hisoblanadi. Bu olimlarning fikricha ko’z kosasi asoratlari bir necha
bosqichlarini bosib o’tadi: ko’z kosasini shishi, sellyulit, subperiostal abssess,
orbita abssessi. Davolash natijasida ma’lum bir bosqichida jarayon tugashi
mumkin.
Adabiyotlarda bir necha xil tavsiflar taklif qilingan bo’lib, bularning ichida
klinitsistlar ko’proq F.I. Dobromilskiy va I.I. Sherbatova (1961) ko’z kosasi
asoratlarini tavsifidan foydalanadi.
1)
Orbita periostiti- oddiy va murakkab;
2)
Subperiostal abssess.
3)
Ko’z kosasini yumshoq to’qimasini yallig’lanishi- qovoqlarni yiringsiz
shishi va retrobulbar kletchatkani yiringsiz shishi.
4)
Ko’z kosasini yumshoq to’qimasini yiringli yallig’lanishi- qovoq abssessi,
retrobulbar abssess, ko’z kosasi flegmonasi.
5)
Ko’z kosasini yolg’on xolesteatomasi.
Rinogen ko’z kosasi asoratlarida bemorlarni tekshirish tartibi:
1) tashqi tekshiruv va palpatsiya; burun funksiyalarini tekshirish;
2) old va orqa rinoskopiya;
3) burun yondosh bo’shliqlari rentgenografiyasi, kalla suyagining yon va old
tomonlama rentgenografiyasi; KT va MRT;
4) oftalmolog ko’rigi;
5) qon va siydikning umumiy tahlili; bakteriologik tekshiruv;
6) yuqori jag’ bo’shlig’i diagnostik punksiyasi va peshona bo’shlig’i
trepanopunksiyasi.
Tekshiruvda infeksiya manbai, burun yondosh bo’shliqlarining yiringli
jarayonda rivojlangan ko’z kosasi asoratining shakli aniqlanadi.
1. Ko’z kosasi asoratida infeksiya manbaini aniqlash.
- Infeksiya manbai yuqori jag’ bo’shlig’ida joylashganda bemorda gaymoritning
klinik va rentgenologik belgilaridan tashqari, pastki qovoqlar shishi, ko’z olmasini
yuqoriga siljishi, pastga harakatini cheklanishi kuzatiladi; gaymorit tashxisi yuqori
jag’ bo’shlig’i punksiyasida tasdiqlanadi;
- peshona bo’shlig’ida joylashganda bemorda frontitning klinik va rentgenologik
belgilaridan tashqari, yuqori qovoqlar shishi, ko’z olmasini pastka siljishi,
yuqoriga harakatini cheklanishi kuzatiladi; frontit tashxisi peshona bo’shlig’ining
trepanopunksiyasi yoki zondlashda tasdiqlanadi;
1.63 rasm. Sinusitlarda ko’z kosasi va kalla ichi asoratlarini rivojlanishi:
1.Peshona suyagi osteomielitni rivojlanishi;
2.Peshona sohasida suyak usti abssessini xosil bo’lishi;
3.Yuqori qovoq abssessini xosil bo’lishi;
1.Suyak usti abssessi yorilib, kalla bo’shlig’i abssessini xosil bo’lishi;
5.Kalla suyagining peshona bo’lagida qattiq bosh miya parda usti abssessini xosil bo’lishi;
6.Suyak usti abssessini ko’z kosasida xosil bo’lishi;
7.Suyak usti abssessini ko’z kosasida flegmona xosil bo’lishi;
8.Yallig’lanish jarayonini ponasimon bo’shliqdan ko’z kosasining tubida joylashgan a'zolarga tarqal-
ishi: "yuqori ko’z kosasi tirqishi" belgisi, ko’rish asab tolasini atrofiyasi va nevriti;
9. Yallig’lanish jarayoni turk egari va kavernoz sinusga tarqalishi;
10.Ponasimon bo’shliq osteomielitini rivojlanishi;
11.Yiringli o’choqni yuqori jag’ bo’shlig’idan ko’z kosasiga ochilishi;
12. Yiringli o’choqni orqa g’alvirsimon kattaklardan ko’z kosasiga va ko’rish asab tolasiga ochilishi.
- g’alvirsimon bo’shliq kattaklarida joylashganda bemorda etmoiditning klinik va
rentgenologik belgilaridan tashqari, yuqori qovoqlar shishi, ko’z olmasini pastga
va tashqi tomonga siljishi, ichkariga harakatini cheklanishi kuzatiladi. Tashxis
qo’yishda rinoskopiya manzarasi e'tiborga olinadi.
- ponasimon bo’shliqda joylashganda bemorda sfenoiditning klinik va
rentgenologik belgilaridan tashqari, ekzoftal'm, ko’z olmasi harakatini barcha
yo’nalishlarda cheklanishi kuzatiladi. Tashxis qo’yishda rinoskopiya va
faringoskopiya manzararlari e'tiborga olinadi.
2. Burun yondosh bo’shliqdagi yiringli jarayon shaklini aniqlash:
- O’tkir sinuitlarda anamnezda bemor ilgari burun yondosh bo’shliqlari kasalligini
boshdan kechirmaganligi ma'lum bo’ladi. U davomli tumov va burun orqali nafas
olishi qiyinligiga shikoyat qiladi. Rinoskopiyada o’rta burun yo’li va burun-
halqumda polip aniqlanmaydi, yuqori jag’ bo’shlig’i punksiyasida va peshona
bo’shlig’i trepanopunksiyasida hidsiz yiringli ekssudat aniqlanadi;
- Surunkali sinuitlarda - bemor davomli tumov va burni orqali nafas olishi
qiyinligiga shikoyat qiladi, anamnezda ilgari burun yondosh bo’shliqlari kasalligini
boshdan kechirganligi ma'lum bo’ladi. Rinoskopiyada o’rta burun yo’lida yiringli
ajralma, to’qima giperplaziyasi va poliplar ko’rinadi. Yuqori jag’ bo’shlig’i
punksiyasi va peshona bo’shlig’i trepanopunksiyasida badbo’y yiring aniqlanadi.
3. Ko’z kosasi atrofi asoratlarining shaklini aniqlash:
Ko’z kosasi atrofi asoratlari yiringsiz va yiringli asoratlarga bo’linib, ular
quyidagi klinik shakllarga bo’linadi:
1) qovoqlar va ko’z kosasi kletchatkasining reaktiv shishi;
2) sellyulit - qovoqlar va ko’z kosasining tarqoq yiringsiz yallig’lanishi;
3) ko’z kosasi devorining yiringli va yiringsiz osteoperiostiti;
4) subperiostal abssess;
5) ko’z qovog’i abssess;
6) ko’z qovog’i va ko’z kosasi devorining oqmasi;
7) ko’z kosasi flegmonasi;
8) retrobul'bar abssess;
9) ko’z kosasi vena qon tomirlarining trombozi.
5.1.
Ko’z kosasi yumshoq to’qomasini reaktiv shishi.
Ko’proq uchraydi, lekin ko’z kosasi asoratlari ichida eng yengili hisoblanadi.
Ko’p hollarda yuqori qovoq zararlanadi, kamroq pastki qo’voq zararlanadi. Yuqori
qovoq hajm jixatidan kattalashgani uchun qovoq osilib qolganga o’xshaydi
(psevdoptoz). Teri giperemiyasi yoq va kletchatkani infiltrasiyasi aniqlanmaydi,
shish bor soha elastikligini yo’qotmaydi. Ko’z olmasini harakati qovoq shishida
saqlangan bo’ladi. Agar shish ko’z olmasini orqa tomonidan egallagan bo’lsa ko’z
olmasi biroz oldinga surilib qoladi.
Bu bosqichda tashxis qo’yish qiyinchilik tug’dirmaydi. Agar shish no’ma’lum
etiologiyali bo’lib va oddiy yo’l bilan sinusogen yo’l aniqlana olish qiyin
bo’layotgandagina KT va MRT tavsiya etiladi.
5.2. Retrobulbar kletchatkani yallig’lanishli shishi.
R. Roller bu bosqichni yolg’on flegmona bosqichi deb nomlaydi. Ayniqsa
boshqa adabiyotlarda “sellyulit” yoki “qovoq va orbita kletchatkasini yiringsiz
diffuz yallig’lanishi” deb nomlanadi. Bu nomlanishlar faqatgina bir jarayonga
tegishli hisoblanadi.
Retrobulbar kletchatkani shishi g’alvirsimon labirintni orqa kattaklarini yiringli
yallig’lanishida yuzaga keladi. Bunda bo’shliq ichida sekret to’planadi, orbitada
yallig’lanish ya’ni shish rivojlanadi. Agar shu bosqichda bo’shliq ichidan yiring
chiqarilsa shish ham tez tarqaladi.
Katta odamda mahalliy klinik belgilar quyidagilardan iborat: har xil darajadagi
ekzaftal`m, qovoq shishi teri gioeremiyasi bilan, ko’rish o’tkirligini pasayishi, ko’z
mushaklarini falaji aniqlanadi. Bolalarda quyidagicha: tana haroratini ko’tarilishi,
bosh og’rig’i, qusish bezovta qiladi. Ko’rish bolalarda o’zgarmaydi.
Retrobulbar klechatkali shishda KT da zichligi diffuz oshgan bo’lib kattakli
tuzilish shakllanishi xarakterli hisoblanadi, ko’ruv nervi va ko’z mushaklarining
1.64 rasm. Ko’z kosasini KT si (aksial
proeksiya). Chap ko’z kosasini va qovoqni
rinosinusogen retrobulbar kletchatkani shishi.
Kichik o'ch’qli yallig’lanish infiltrasiyalari
(qora strelka), Ko’z olmasini oldinga surilishi
(oq strelka), ikkala tomondan g’alvirsimon
suyakni hujayralarini shilliq qavatini qalin-
lashishi. (G.Z. Piskunov 2006 y)
1.65 rasm. Ko’z kosasini KT si (aksial
proeksiya). Chap tomonlama o’tkir kat-
taral gaymoritda ko’z kosasini kletchat-
kasini rinosinusogen shishi va retrobulb-
ar kletchatkalarini (strelka) qalinlashishi.
(G.Z. Piskunov 2006 y)
chegaralari aniq ko’rinmaydi (1.64 rasm). Gohida kattakli o’zgarish hisobiga
mayda kichik yallig’lanishli o’choqlarni ko’rish mumkin bo’ladi (1.65 rasm).
5.3. Ko’z kosasi periostiti.
Yallig’lanish jarayoni burun yondosh bo’shliqlarida avval ichki suyak devorini
zararlaganidan so’ng, keyin tashqi suyak usti parda devorini zararlaydi. Kontakt
zararlanishdan yana bo’shliq ichidan gematogen yo’l orqali infeksiya tarqalishi
mumkin bo’ladi.
Ko’z kosasini oddiy va yiringli periostitlari tafovut qilinadi. Oddiy periostit
ko’pincha bo’shliqning o’tkir empiemasida kuzatilib, orqaga qaytar jarayon
hisoblanadi. Bunda morfologik substrati bo’lib- suya usti pardani giperemiyasi va
seroz-hujayrali
infiltratsiyasi
hisoblanadi.
Makroskopik
periost
biroz
qalinlashganligini ko’rish mumkin bo’ladi. Uzoq vaqt davom etuvchi periostit
natijasida periost bilan suyak orasida biriktiruvchi to’qima o’sa boshlaydi. Oddiy
periostitda ko’z kosasining ma’lum joylarida mahalliy jarayonlar kuchayadi va
davolashdan so’ng o’zgarishsiz tuzaladi.
Yiringli periostitda oddiy periostitda yiringli infeksiya o’tirishi natijasida yoki
bo’shliq ichki suyak devorini birlamchi yiringlashdan kelib chiqadi.
Mahalliy o’zgarishlar paydo bo’lganidan so’ng suyak uzti parda bilan suyak
parda orasiga yiring to’planadi, bular bir- biridan uzoqlashishni boshliydi, natijada
subperiostal abssess rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Ko’pincha o’tkir va surunkali frontitda rivojlanadi. Bemorning tana harorati
ko’tariladi, boshi og’riydi, yuqori qovog’i shishadi, kon'yuktiva qon tomirlari
qonga to’lganligi ko’rinadi, ekzoftal'm, ba'zan xemoz kuzatiladi; ko’z olmasi
ko’pincha pastga siljiydi, yuqoriga harakati cheklanadi; yallig’langan maydon
paypaslanganda og’riydi; ko’z olmasi bosilganda va siljiganda biroz og’riydi.
Etmoidit sabab bo’lgan osteoperiostitda ko’z qovoqlarining asosan medial qismi
shishadi. Gaymoritda osteoperiostit asorati kam kuzatiladi; bemorda pastki qovog’i
va kon'yuktivaning pastki qismi shishadi, xemoz kuzatiladi. Chuqur
osteoperiostitda ko’z olmasi yuqoriga siljib, oldinga bo’rtib chiqadi. Jarayon
rivojlangan sari bemorda ko’z kosasida subperiostal abssessi xosil bo’ladi.
Qovoqlar keskin qizaradi, terisi qalinlashib, qattiqlashadi, xemoz kuchayadi, ko’z
olmasi oldinga siljiydi, harakatlari cheklanadi, ko’z olmasi bosilganda yoki faol
harakatlantirilganda og’riydi. Shish va og’riq flyuktuatsiya aniqlanishini
qiyinlashtiradi. Chuqur subperiostal abssesslarda keskin ekzoftal'm, yuzaki
abssesslarda - birozgina ekzoftal'm kuzatiladi. Chuqur subperiostal abssessda
bemorda uzoqlashtiruvchi va ko’z olmasini harakatlantiruvchi nerv tolalari falaji
va ko’rish o’tkirliginining pasayishi kuzatiladi.
KT o’tkir davrda paraorbital soha va retrobulbar kletchatka sohasida bir oz
yumshoq to’qimani shishi aniqlanadi, biroz ekzoftalm; ayrim sohalarda suyakning
chekkalari notekis va zichligi biroz pasaygan bo’ladi. O’tkir periostitda
periferiyada suyaklar shakllanadi (osteofitlar), tomografiyada suyak pastki qismida
o’sishi kuzatiladi (1.66 rasm). Agar shu davrda davolanilsa hech qanday asoratsiz
orqaga qaytib ketadi. Agar davo choralari samarali bo’lmasa jarayon suyak usti
pardasini surunkali yallig’lanishiga o’tishi mumkin, bunday holatda KT da suyak
to’qimasini periostal sohasida o’zgarish aniqlanadi- suyakni diffus ko’chishiga olib
keladi (giperostoz)(1.67 rasm).
5.4.Subperiostal abssess.
Yiring periorbita bilan bo’shliqni suyak devori orasida joylashadi, yiringli
periostit rivojlanishini keyingi bosqichi hisoblanadi. Subperiostal abssessni
rivojlanish mexanizmi turlicha. Shulardan birida suyak osteomieliti natijasida
periost ostiga yiring to’planadi va suyak usti parda ostiga bo’shliqdan yiring kelib
turadi. Shu holatni gistologik o’zgarishida, avval u yyerda shilliq qavatning
1.66 rasm. Ko’z kosasini KT si (aksial
proeksiya). Ko’z kosasini rinosinus-
ogen periostiti, chap tomonlama o’tkir
yiringli frontitda chap ko’z kosasini
medial devorini infiltrasiyasi, kichik
o’choqli suyak usti pardani ossifikasiya-
lari (strelka). (G.Z. Piskunov 2006 y)
1.67 rasm. Burun yondosh bo’shliqlarini aksial (a) va koronar (b) proeksiyalari. Rinosinus-
ogen ossifisirlangan periostit, o’ng tomonlama surunkali giperplastik frontitda o’ng o’z kosasini
yuqori devorini suyak usti pardasini ko’chishi. (G.Z. Piskunov 2006 y).
ma’lum joylarida yirik hujayrali infiltrasiya aniqlanadi, infiltrasiya sohasida
keyinchalik nuqson shakllanadi va nihoyat shu sohada nekroz boshlanib suyak
teshiladi va bo’shliqdan yiring orbitani periost qatlamigacha yetib oladi.
Gohida subperiostal abssess suyak usti pardani oddiy yallig’lanishi natijasida
kelib chiqishi mumkin. Yiringsiz periostitni xurujida seroz va seroz- fibrozli
ekssudat ajrab chiqadi, shundan so’ng suyak usti pardada yiringli infiltrasiya
yumshiq to’qimani shishli bo’kishi aniqlanadi. Bu bo’kish suyak usti pardani
kochishiga sabab bo’lib, subperiostal abssessni rivojlanishiga sabab bo’ladi. Shu
sohada makroskopik nuqson aniqlanadi.
Bemorlarda ekzoftalm, qovoqlarni kuchli shishi aniqlanadi, ayrim hollarda ko’z
harakati cheklanadi va ko’rish qobiliyati pasayadi. Bemorda qovoq va
konyunktivani yallig’lanishi aniqlanadi, shish tezlik bilan rivojlanadi, konyunktiva
qizaradi va xemoz rivojlanadi.
KT da subperiostal abssess xosilali ko’rinishga ega bo’lib, zishligi 25±7 Hu ga
teng bo’ladi. Ko’pincha orbita devorini yuqorimedial sohasida joylashadi.
Kapsulaga ega, kontrast modda to’planib qoplanadi, va ko’z olmasini u yoki bu
tomonga ma’lum bir darajada suradi (1.68 rasm).
Subperiostal abssessni birlamchi manbaasiga qarab turli xil klinik belgilari va
kechishi tafovutlanadi.
G’alvirsimon
suyakni hujayralarini yallig’lanishidan kelib chiqqan
subperiostal abssess. G’alvirsimon suyakning oldingi hujayralarini yallig’lanishi
natijasida abssess sekin rivojlanadi va ko’pincha orbitani kirish qismida joylashadi.
Orbitani yuqoriichki sohasida yoki ichki chandiq ustida joylashadi. Ko’ruvda shu
sohada shish aniqlanadi, bosib ko’rilganda og’riqli bo’ladi; gohida qovoqning ichki
burchagida yoki ko’z yosh qopi sohasida fistula aniqlanadi. Bunday holatlarda
dakriosistit rivojlanishi kuzatiladi. Subperiostal abssessda shishdan tashqari
bemorda ko’z olmasi konyunktivasini ichki qismida giperemiya aniqlanadi (1.69
rasm).
1.68 rasm. Ko’z kosasini KT si (aksial
proeksiya). Subperiostal abssess. O’ng
koz kosasi medial qismlarida yumoloq
xosila ko’zning to’g’ri medial mushagi
(strelka) tomon surilgan va ko’z olmasi
esa lateral tomonga surilgan, o’ng
tomonlama g’alvirsimon hujayralarda
soyalanish aniqlanadi. (G.Z. Piskunov
2006 y).
G’alvirsimon
suyakning orqa hujayralari va ponasimon bo’shliqni
yallig’anishida subperiostal abssess rivojlanishi ko’proq uchraydi. Bunda xarakterli
belgi bo’lib markaziy skototma, ko’r dog’ni kattalashishi, olib ketuvchi va ko’zni
harakatlantiruvchi nervlarini paralichi hisoblanadi. KT da infiltrasiya zonasi orbital
voronkadan to ko’rish nerini kanaligacha davom etgan bo’ladi.
Agar yallig’lanish g’alvirsimon suyakning hamma hujayralarida bo’lsa
subperiostal abssess orbitani xohlagan sohasida rivojlanishi mumkin. Bunda ko’z
kosasini ikkita yoki undan ko’p devori zararlanadi (1.70 rasm).
Peshona bo’shlig’ini yallig’lanishidan kelib chiqqan subperiostal abssess.Bu
jarayonlarni siptomatikasi bir nechta omillarga bog’liq bo’ladi: bo’shliqning o’zida
og’ir jarayon bo’lishi, bo’shliq kattaligi, orbitani yuqori devorini destruksiya
bo’lgan joyi, va nihoyat abssess kattaligiga. Klinik ko’rinishi bo’shqa bo’shliqlarni
yallig’lanishiga qaraganda peshona bo’shlig’idan rivojlangan abssess kuchliroq
namoyan bo’ladi. Bemorlar ko’zdan kechirilganda ko’z kosasini ichki burchagida,
gohida ko’z kosasini yuqori qirrasida, peshona bo’shlig’ini katta hajmli shakllarida
ko’z kosasini tashqi qirrasi flyuktuasiya bilan yumshoq to’qima osilib qoladi. Teri
shu sohada qizargan va taranglashgan bo’ladi. Peshona bo’shlig’ini orbital
devorida fistula vena qon tomirlari suyakdan ko’z kosasiga kiradigan joyida
uchraydi. Suyak devorini ko’pincha teshiladigan sohasi ko’z kosasini yuqoriichki
burchagi hisoblanadi. Ayrim hollarda subperiostal abssessni teshhib chiqadigan
sohasiyuqori qovoq hisoblanadi.
1.69 rasm. Ko’z kosasini va burun yondosh
bo’shliqlarini KT si (aksial proeksiya).
Rinosinusogen
subperiostal
abssess.
G’alvirsimon suyakning oldingi hujayralarida
qorayish
aniqlanadi,
retrobulbar
sohani
kletchatkasini infiltrsiyasi (strelka) yaqin ko’z
kosasinin medial devorida destruksiya aniqla-
nadi, asosiy bo’shliqni shilliq qavati qalin-
lashgan. (G.Z. Piskunov 2006 y).
Dostları ilə paylaş: |