Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
114
yo‘liga boshlovchi, dunyoning haqirligi va oxirat ishining buyuk, davomatli bo‘lishidan
ogohlantiruvchi Alloh taolo ulamolarining yo‘qligidir. Xalq esa g‘aflatda, o‘z shahvatlariga
kirishib, uyqu dengizlariga cho‘kib ketgan.
Din ulamolari ichida ularni ogoh etadigan kishi ham yo‘q.
Agar ulardan biri ogohlanib
qolsa ham, ilmsizligi sababli yo‘lga yurishdan ojizdir. Agar ulamolar yo‘lini istasa ham,
ularni havolariga moyil, oydin yo‘ldan boshqa yo‘lga burilgan hollarida topadi. Irodaning
zaifligi, yo‘lni bilmaslik, ulamolarning havolariga ko‘ra gapirishlari Alloh taolo yo‘lining
unda yuruvchilardan bo‘shab qolishiga sabab bo‘ldi.
Qachonki, istalayotgan narsa to‘siq
va yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘q, havoyi nafs g‘olib, istaguvchining o‘zi g‘ofil bo‘lsa, unday kishi
Alloh taologa yetishishdan bosh tortadi, chorasiz yo‘llarda o‘ralashib qoladi. Agar bir
kishi o‘zicha yoki boshqa kishining tanbehi bilan ogohlanib qolsa,
oxirat ekini, oxirat
savdosiga iroda paydo bo‘lib qolsa, unga iroda boshlangan paytda avval chorasiz qilishi
zarur shartlarning borligini va uning uchun bir arqon borki, uni mahkam ushlashdan
boshqa chora yo‘qdir. Yana uning uchun dushmanlardan va yo‘lto‘sarlardan omonda
bo‘lish uchun muhofazalanib oladigan bir qo‘rg‘on ham bor. Yana unga yo‘lga
yurish
vaqtida lozim tutishi zarur vazifalar ham bor. Iroda hosil bo‘lgan paytda avval qilishi
lozim shartlari o‘zi bilan Haqning o‘rtasidagi to‘siq va pardalarni ko‘tarmog‘idir. Chunki
xalqning Haqdan mahrum bo‘lishi sababi yo‘lga to‘siq tushib qolgani va pardalarning
ko‘payib ketganidir. Alloh taolo aytadi:
Dostları ilə paylaş: