Ihyou ulumid-din (Qalb kitobi). Abu Homid G’azzoliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
iymon nuri chiroqning nuriga o‘xshaydi va ba’zilarining nuri esa shamning nuriga
o‘xshaydi. Siddiqlar iymonining nuri oy va yulduzlar nuriga o‘xshaydi. Payg‘ambarlar
iymonining nuri quyoshga o‘xshaydi, ufqning surati keng hududli bo‘lishiga qaramay,
quyosh nurida ochiq ko‘rinadi. Chiroq nurida esa faqat uyning tor bir burchagi ko‘rinadi,
xolos.
Qalb ma’rifatlar bilan kengayishidagi va oriflar qalbida
malakut olamining kengligi
namoyon bo‘lishidagi tafovut ham shunga o‘xshashdir. Shuning uchun ham xabarda
keladiki: «Qiyomat kuni qalbida zarra misqolicha iymoni bor kishilarni do‘zaxdan
chiqaringlar va yarim misqol bo‘lsa ham, misqolning to‘rtdan biri miqdorida bo‘lsa ham,
bir arpa donicha va zarraning o‘zichalik bo‘lsa ham, chiqaringlar», deyiladi (Imom
Buxoriy va Muslim «misqolning to‘rtdan biri» lafzisiz rivoyat qilishgan). Bularning
hammasida iymon darajalarining tafovutli ekanligiga tanbeh bor. Albatta iymonning bu
miqdorlari do‘zaxga kirishdan man qilmaydi. Bu hadisdan misqoldan ko‘proq
iymoni bor
kishi do‘zaxga kirmasligi ham tushuniladi. Zero, agar
kirsa ham, avvalo uning
chiqarilishiga albatta buyruq beriladi. Yana bu hadisda qalbida zarra iymoni bor kishi
agar do‘zaxga kirsa ham, unda abadiy qolib ketishga mustahiq bo‘lmaydi, degan ma’no
bor. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi so‘zlari ham shunga
o‘xshashdir: «Unga o‘xshagan mingtasidan biron narsa yaxshiroq emas, faqat mo‘min
insongina yaxshiroqdir» (Tabaroniy rivoyati).
Bunda Alloh taoloni tanuvchi, Unga qat’iy ishonuvchining qalbi
afzalligiga ishora bordir,
chunki uning qalbi mingta avom xalqning qalbidan yaxshiroqdir. Batahqiq, Alloh taolo
aytadi:
Dostları ilə paylaş: