82
3. Qo‘shimcha manbalardan foydalangan holda Jaloliddin Man-
gu
berdi tavalludining 800 yilligi munosabati bilan qan
day
tadbirlar amalga oshirilganligi va mashhur sarkardaga ba-
g‘ishlab yozilgan asarlar haqida ma’lumotlarni daftaringizga
qayd eting.
4.
Jаlоliddin Mаngubеrdining hаyot yo‘li
qanday
хulоsаlаr
chiqаrishgа undаydi?
23-§. CHIG‘ATOY ULUSINING TASHKIL TOPISHI
Tayanch tushunchalar: Chig‘atoy ulusi, soliq turlari, Mahmud
Torobiy qo‘zg‘oloni.
Chig‘atoy ulusi.
1224-yilda
Chingizxon tomonidan
Chig‘a-
toy
tasarrufiga berilgan Movarounnahr,
Yettisuv va Sharqiy
Turkistonda
Chig‘atoy ulusi tashkil topdi.
Chig‘a toyxonning
ulusni boshqaradigan o‘rdasi
Elsuvi (Ili) daryosi bo‘yida
edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda
Chig‘atoy o‘ziga bo‘ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa
vakillari xizmatidan foydalanadi.
Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari hali Movaro-
unnahr zabt etilmasdan ilgari
Chingizxon huzurida xizmat
qilgan xorazmlik savdogar
Mahmud Yalavochga beriladi. U
Xo‘jand shahrini o‘ziga qarorgoh
qilib oladi va shu yerda
turib, Movarounnahrni idora qila boshlaydi. Harbiy hokimiyat,
aholini ro‘yxatdan o‘tkazish, soliq yig‘ish
ishlari dorug‘achi va
tavg‘ach deb ataluvchi mo‘g‘ul amaldorlari qo‘lida bo‘lardi.
Mo‘g‘ul
bosqoqlari (mahalliy hokim) ixtiyoridagi ko‘p sonli
askarlar
Mahmud izmiga bo‘ysundirilgan edi.
Mahmud
Dostları ilə paylaş: