88
1. Munke xoqon mamlakatda ichki vaziyatni yumshatish uchun
qanday choralar ko‘rgan?
2. Ma’sudbekning pul islohoti qanday natija berdi?
3. Kebekxon qanday islohotlarni amalga oshirgan?
4. Iqtisodiy hayot jonlanishiga nimalar sabab bo‘ la di?
5. Mo‘g‘ullar davrida yer egaligining qanday shakllari mavjud
edi?
6. Nima uchun Chig‘atoy ulusi bo‘linib ketadi?
Quyidagi jadvalni Chig‘atoy ulusida ijtimoiy-iqtisodiy hayot
mavzusiga oid ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
O‘tkazilgan
islohotlar
Islohot natijalari
Yer egaligining
shakllari
25-§. ETNIK JARAYONLAR VA O‘ZBEK XALQINING
SHAKLLANISHI
Tayanch tushunchalar: etnik jarayon, o‘zbek xalqi,
“
Qovunchi
madaniyati
”.
Etnik jarayon.
Jahondagi boshqa xalqlar kabi o‘zbek
xalqi-
ning shakllanishi ham uzoq yillar davomida sodir bo‘lgan etnik
jarayonlar mahsulidir.
O‘zbeklar alohida etnik birlik (elat) bo‘lib, Movarounnahr,
Xorazm, Yettisuv, qisman Sharqiy Turkistonning g‘arbiy min -
ta qalarida shakllangan. O‘zbek xalqining asosini hozirgi O‘z-
be
kiston hududida qadimdan o‘troq yashab, sug‘orma deh-
qonchilik, hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan mahalliy
sug‘diylar, baqtriylar, xorazmiylar, farg‘onaliklar, shoshliklar,
yarim chor vador
qang‘lar, ko‘chmanchi
sakmassaget kabi
etnik guruhlar tashkil etgan.
Shuningdek, Janubiy Sibir, Oltoy,
Yettisuv, Shar
qiy Turkiston hamda Volga va Ural daryosi
bo‘ylaridan turli davrlarda Movarounnahrga kirib kelgan
etnik guruh ham o‘zbek xalqi etnogenezida ishtirok etadilar.
Yuqorida nomlari keltirilgan etnoslar asosan
turkiy va sharqiy
eroniy tillarda so‘zlashganlar.
89
Amudaryo va Sirdaryo oralig‘ida yuqorida nomlari qayd
etilgan qabila va elatlarning etnik jihatdan aralashuv jarayoni
natijasida o‘troq hayotga moslashgan turkiy hududiy maydon,
o‘zbek xalqiga xos antropologik qiyofa shakllanadi.
Qang‘ davlati davrida turkiyzabon etnoslar ustuvorlik qilib,
o‘ziga xos uyg‘unlashgan madaniyat shakllanadi. Arxeologik
asarlarda bu madaniyat
“Qovunchi madaniyati” nomini olgan.
Antropolog olimlarning ta’kidlashlaricha, aynan shu davrlarga
kelib, O‘rta Osiyoning vodiy va
vohalarida yashovchi aholi
tashqi qiyofalarida hozirgi o‘zbek va voha tojiklariga xos
antropologik qiyofasi to‘liq shakllanadi.
O‘zbeklar etnogenezida qatnashgan navbatdagi etnik guruh-
lar –
kushonlar, xioniylar, kidariylar va
eftallardir.
Shuningdek, o‘zbeklar etnogeneziga Turk
xoqonligi davrida
O‘rta Osiyoning markaziy mintaqalari va Xorazmga kelib
o‘t
roq
lashgan turkiy qabilalar faol ta’sir ko‘rsatadi. Turkiy
elat
lar va mahalliy o‘troq aholi o‘rtasidagi etnik-madaniy
mu
no
sabatlarning rivoji natijasida turkiy
qatlam madaniy
yutuqlarining mahalliy madaniy-xo‘jalik an’analar bilan ja dal
uyg‘unlashuvi yuz berdi.
VII asrdan o‘lkamiz
“Turkiston”
nomi bilan atala boshlangan.
Dostları ilə paylaş: