O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


lasog‘un, Koshg‘ar, Taroz, O‘zgan, Samarqand



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

lasog‘un, Koshg‘ar, Taroz, O‘zgan, Samarqand va Buxoro 
kabi shaharlarni davlat yoki viloyat poytaxtiga aylan 
tirib, 
shaharlar bilan aloqa bog‘lashga harakat qiladilar.
Qishloq xo‘jaligidagi ahvol.
 
XI asrda Movarounnahrga 
kirib kelgan ko‘chmanchi chorvadorlar dehqonchilik maydon-
larini toptab, oyoqosti qiladilar. O‘tloq va yaylovlarga ay lan-
tirilgan ekinzorlar qoraxoniylar xonadonining tayanchi hisob-
langan qabilalarning asosiy mulkiga aylantiriladi.
Mahalliy mulkdor dehqonlar bilan chorvador ko‘chmanchilar 
o‘rtasida ziddiyat kuchayib, dehqonlarga qarshi kurash 
keskin tus oladi. Qoraxoniylarning tazyiqi oqibatida mulkdor 
dehqonlar jon saqlash maqsadida o‘z yerlarini tashlab ketishga 
majbur bo‘ladilar.


58
Qoraxoniylar hukmronligi davrida mahalliy mulkdor deh-
qonlar yer-suv mulklaridan hamda mamlakatda tutgan siyosiy 
mavqelaridan ajralib, jamiyat hayotida o‘zining ilgarigi o‘rni 
va ahamiyatini butunlay yo‘qotadilar.
Iqto yerlarining kengayishi.
 
XI asrdan boshlab yerdan 
foydalanishda iqto tartiboti juda keng yoyiladi. Qoraxoniylar 
tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari oliy 
darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga 
ham katta-katta yer maydonlari iqto tarzida hadya qilinadi. 
Iqto tartibi qoraxoniylar uchun bo‘ysundirilgan mamlakatlar 
aholisidan tegishli soliqlarni undirish boshqarishning eng qulay 
shakli hisoblangan.
Shunday qilib, XI–XII asrlarda Movarounnahrda va Xuro-
sonda iqto yerlari kengayib, mulkchilikning asosiy shakllaridan 
biriga aylanadi.
Bu davrga kelib musulmon ruhoniylariga bo‘lgan e’tibor-
ning kuchayishi va mamlakatda ularning siyosiy ta’sirining 
tobora ortib borishi bilan vaqf yerlari ham ancha ko‘paydi.
Garchi bu davrda barzikorlar ilk o‘rta asrlardagi kadivar lar-
ga nisbatan ozod hisoblansalar-da, ammo ularning zimmasiga 
dav lat tomonidan turli soliq va har xil maj buriyatlar yuklangan 
edi. Su g‘orish tarmoqlari, to‘g‘onlar, yo‘l va qal’alar qurish va 
ularni ta’ mir etishda ularning ishtiroki shart edi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin