O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Ma’sudbekning pul islohoti



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Ma’sudbekning pul islohoti.
Movarounnahrda asta-sekinlik 
bilan bo‘lsa-da, shahar hayoti, xususan hunarmandchilik va 
savdo munosabatlari jonlana boshlaydi. Shaharlarning ichki 
hayoti, ayniqsa, tovar va pul munosabatlarining tiklanishida 
Ma’sudbek tomonidan 1271-yilda amalga oshirilgan pul 
islohoti muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. U Movarounnahrning 
16 ta shahar va viloyatlarida, bir xil vazn va yuqori qiymatli sof 
 
Yomlar – yo‘l bekatlari. Choparlar, yo‘lovchilar ot 
almashtiradigan joy. Yomda doimo otlar ulovga tayyor 
turgan


86
kumush tangalar zarb ettirib, mamlakatda ularni muomalaga 
chiqaradi.
Kebekxon_va_uning_islohotlari._XIV_asrning_birinchi_yar_mi'>Kebekxon va uning islohotlari. 
XIV asrning birinchi 
yar mi da Chig‘atoy ulusida mo‘g‘ullarning o‘troqlikka o‘tish 
jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o‘zgarishlar 
sodir bo‘la boshlaydi. Movarounnahrdek madaniy o‘lka bilan 
mustahkam aloqa o‘rnatishga va o‘troq hayot kechirishga 
intilgan Chig‘atoy xonlaridan biri Kebek (1318–1326) edi. U 
hokimiyatni bevosita o‘z qo‘liga olib, Qashqadaryo vohasidagi 
qadimgi Nasaf shahri yonida o‘ziga saroy qurdiradi. Saroy 
mo‘g‘ul tilida “Qarshi” deb yuritiladi. Kebekxon o‘z 
qarorgohini mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib 
Movarounnahrga ko‘chiradi. U shu saroyda turib mamlakatni 
idora qiladi. Keyinchalik saroy atrofida yangi binolar qad 
ko‘taradi va eski Nasaf shahri bilan qo‘shilib ketadi. Shundan 
e’tiboran bu shahar Qarshi deb atala boshlanadi.
Kebek davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy 
hayotini tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul islohoti 
o‘tkazadi. Mamlakatda yagona pul joriy qilinadi. erondagi 
Xulokiylar davlati va Oltin O‘rda xonligining kumush 
tangalari namunasida ikki xil pul: og‘irligi 8 grammlik katta 
kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etilgan. Katta 
tanga “dinor”, kichigi “dirham” deb atalgan. “Kepaki” deb 
nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilib, 
muomalaga chiqarilgan.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin