4 - MAVZU. MAHSULOTNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI TASNIFI
Reja
1. MAHSULOTNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI TASNIFI
2. MAHSULOTNING BELGILANGAN VAZIFASIGA MOSLIK KO‘RSATKICHLARI
3. MAHSULOTNING ISHONCHLILIK KO‘RSATKICHLARI
1. MAHSULOTNING SIFAT KO‘RSATKICHLARI TASNIFI.
Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari
majmuini quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflash
mumkin:
tavsiflanadigan xossalari miqdori bo‘yicha (yagona va kompleks);
mahsulotning turli xossalariga nisbatan (ishonchlilik, texnologiklik, ergonomik ko‘rsatkichlari va
boshqalar);
aniqlash bosqichlari bo‘yicha (loyihalash, ishlab chiqarish va ishlatish);
aniqlash usuli bo‘yicha (hisobli, eksperimentalь, ekspertiza);
sifat darajasini baholash uchun foydalanish xarakteriga ko‘ra (bazaviy va nisbiy);
ifodalash usuliga ko‘ra (o‘lchanmaydigan,
masalan ballar, foizlar va o‘lchanadigan
birliklar bilan ifodalangan ko‘rsatkichlar);
Mahsulotning texnik darajasi va sifatini baholashda sifat ko‘rsatkichlarining quyidagi asosiy
guruhlaridan foydalaniladi:
mahsulotni ishlatish va undan foydalanishning samarasini tavsiflovchi hamda uni qo‘llanish
sohasini belgilovchi mo‘ljallangan vazifasiga moslik ko‘rsatkichlari;
buyumdan muayyan sharoitlarda foydalanishda uning ishonchlilik
va uzoq muddatga
chidamlilik ko‘rsatkichlari;
buyumlarni tayyorlash va ta’mirlashda yuqori mehnat unumdorligini ta’minlash uchun
konstruktorlik-texnologik yechimlarining samaradorligini
tavsif-laydigan mahsulotni
tayyorlashning texnologiklik ko‘rsatkichlari.
mahsulotda standartlashtirilgan buyumlardan foydalanish darajasi va buyum tarkibiy
qismlari-ning unifikatsiya darajasini tavsiflovchi stan-dartlashtirish va unifikatsiyalash
ko‘rsatkichlari;