47
ortiq miqdorda o`tkazib yuborilgan summalarning qaytarib
berilishi respublikamizda amalda bo`lgan Soliq Kodeksi,
Bojxona Kodeksi, shuningdek, 2001-yil, 19-fevralda
qabul
qilingan "O`zbekistoRespublikasi Davlat budjetining kassa
operatsiyalarini amalga oshirish orqali ijrosini ta'minlash
to`g'risida"gi 1009-sonli raqam bilan davlat ro`yhatidan
o`tkazilgan yo`riqnomalar asosida bajariladi.
Davlat budjetining markaziy bo`g`ini bo`lgan respublika
budjetiga Soliq Kodeksining 23-moddasida belgilab berilgan
umumdavlat daromadlari va majburiy to`lovlari tushiriladi.
Ma'lumki, umumdavlat ahamiyatiga ega boigan tartibga soluvchi
soliqlar
bo`yicha
to`lovlar
O`zbekistoRespublikasi
Prezidentining Budjet parametrlari to’g’risidagi maxsus qarori
bilan har moliya yili uchun tasdiqlanadigan normativlar bo`yicha
respublika budjetiga o`tkaziladi.
Umumdavlat soliqlarining ayrimlari bo`yicha to`lovlar
turlicha
respublika
budjetiga
yoki
Qoraqalpog`iston
Respublikasi,
viloyatlar, Toshkent shahrining budjetlariga
o`tkazilishi mumkin.
Qoraqalpog`istonRespublikasi
va
mahalliy
hokimiyat
organiari budjetlariga tartibga soluvchi umumdavlat soliq
to`lovlarming normativlarga asosan taqsimlanadigan maium
qismi, mahalliy budjetlarga o`tkazilishi belgilab qo`yilgan
umumdavlat soliqlarining bir qismi hamda mahalliy soliqlar va
boshqa xil yig`imlar bo`yicha to`lovlar o`tkaziladi.
Tartibga soluvchi umumdavlat soliqlardan to`lovlarini
bajarish yuzasidan zimmasidagi majburiyatlarm bajaruvchi soliq
to`lovchilar tomonidan to`langan soliqlar va boshqa to`lovlar
summalari tegishli banklar tomonidan
respublika budjetiga
o`tkaziladi
va
O`zbekistoRespublikasi
Markaziy
banki
tomonidan belgilanadigan tartib-qoidalarga muvofiq respublika
budjetining asosiy hisob-kitob raqamiga jamlanadi, shuningdek,
amaldagi
qonunchilik
normalariga
asosan,
Qoraqalpog`istonRespublikasi
va
mahalliy
hokimiyat
organlarining budjetlariga o`tkazib beriladi.
Mahalliy budjetlar ixtiyorida qoldiriladigan umumdavlat
soliqlarining qanday qismi Qoraqalpog`iston Respublikasining
respublika budjetiga, viloyatlarning
viloyat budjetiga va
Toshkent shahri mahalliy budjetining shahar budjetiga
o`tkazilishi, qanday qismini ular tasarrufidagi tuman/shahar
budjetlariga o`tkazib berish kerakligini belgilovchi normativlar
Qoraqalpog`iston Respublika-sining Vazirlar Kengashi, viloyat
va Toshkent shahar hokimlari
tomonidan tasdiqlanadigan
maxsus qarorlar bilan belgilanadi.
Alohida shahar hududiga kiruvchi tumanlarning mahalliy
budjetiga umumdavlat soliqlarining qanday qismini ajratib
berish lozimligini belgilovchi normativlar, o`z navbatida, viloyat
miqyosi-dagi shahar hokimlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-
yil, 1-noyabrdagi PQ-721-sonli Qaroriga muvofiq ravishda,
mamlakatimiz hududlarida "Davlat moliyasini boshqarish
tizimini
isloh
qilish"
loyihasi
muvaffaqiyatli
amalga
oshirilmoqda. Mazkur loyiha doirasida amaldagi davlat moliyasi
tizimining
faoliyatini
yorituvchi
axborot
tizimini
takomillashtirish ko`zda tutilgan.
2009-2011-yillar mobaynida yuqorida
nomi keltirilgan PQ-
721-sonli qaroriga muvofiq, respublikada "Davlat moliya
tizimini boshqarishning informatsion tizimi" deb nomlangan
zamonaviylashtirilgan
amaliy
dastur
bilan
ta'minlash
rejalashtirilgan. Mazkur dastur yordamida butun respublika
hududida davlat budjeti g’azna
ijrosini, shu jumladan, davlat
budjeti daromad qismining g’azna ijrosini ta'minlash bilan
bogiiq barcha jarayonlarni qamrab olishga imkoniyat yaratiladi.