bajariladi. Ba`zi tugmalar esa pastga qaratilgan ko`rsatkichlar bilan jihozlangan
bo`lib, ularni tanlanganda ro`yxat yoki kolleksiya hosil bo`ladi hamda
foydalanuvchi kerakli buyruqni tanlash imkoniga ega bo`ladi.
Bayroqcha: Kvadrat shaklidagi asbob bo`lib, uni tanlanganda u ulangan-
ulanmagan holatlarini almashtiradi.
Buyruqlar guruhi: Lentaning har bir bandida o`zaro bog`liq buyruqlar mavjud
bo`lib, ular guruhlarga birlashtiriladi. Masalan, Главная panelining Шрифт
buyruqlar to`plamida matn shriftini boshqarish tugmalari joylashgan.
Ochiladigan ro`yxat: Pastga qaratilgan ko`rsatkichli tugma tanlanganda hosil
bo`ladigan ro`yxat bo`lib, undagi kerakli buyruq ham xuddi shunday tanlash orqali
amalga oshiriladi.
Kolleksiya: Excel 2007 da yaratilgan yangi element bo`lib, unda tanlanadigan
imkoniyatlarning grafik ko`rinishlari hosil bo`ladi. Kolleksiyalardan foydalanish
ko`p ishlatiladigan amallarga tezroq yetib boorish imkonini beradi hamda
kolleksiyalarning uch xil turi mavjud: (Ochiladigan kolleksiya, Ochiladigan to`r va
kolleksiya lentasi).
Dostları ilə paylaş: