O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Abdulla Oripov qachon va qayerda tug’ilgan?



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   187
456. Abdulla Oripov qachon va qayerda tug’ilgan? 
 
Abdulla Oripov 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga 
qarashli Neko’z qishlog’ida tug’ildi. Qishloq Qo’ng’irtov etagiga joylashgan 
bo’lib, oqar suv taqchil bo’lsa-da, seryomg’ir kelgan yillarda ko’kat-u maysalarga 
ko’milib qoladigan joy edi. Otasi Orifboy Ubaydulla o’g’li jamoa raisi edi. Onasi 
Turdixol momo ko’pchilik o’zbek ayollari singari mehnatkash, mehribon, g’oyat 
ta’sirchan va ezgulikka tashna ayol bo’lgan. Oilada to’rt o’g’il, to’rt qiz bo’lib, 
Abdulla o’g’illarning kenjasi bo’lgan. Bolaligi shu qishloqda o’tdi, o’rtoqlari kabi 
qo’y boqdi, suv tashidi, pichan o’rdi, somon to’pladi, kitobga haddan tashqari 
ko’ngil qo’ydi. O’zicha so’zlarni so’zlarga qo’shib she’rlar mashq qila boshladi. 
457. Abdulla Oripovning o’qish yillari haqida nimalar bilasiz? 
Bo’lajak shoir Abdulla Oripov 1958-yilda o’rta maktabni oltin medal bilan 
tugatadi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU) ”O’zbek filologiyasi” 
fakulteti jurnalistika bo’limiga o’qishga kirib, uni 1963-yili imtiyozli diplom bilan 
bitiradi. 
458. Abdulla Oripov qayerlarda ishladi? 
 
Abdulla Oripov oily maktabni tugatgach, Toshkentdagi sobiq “Yosh 
gvardiya” nashriyotida muharrir bo’lib ishga kirdi. To’rt yil ishlagach, 1967-1974- 
yillarda G’afur G’ulom nomidagi nashriyotda muharrir, katta muharrir bo’lib 
xizmat qildi.1974-1976-yillarda “Sharq yulduzi” jurnalida bo’lim boshlig’i bo’ladi. 
O’tli she’riyati bilan muxlislarining mehrini qozongan shoir 1976-1982-yillarda 
64
“Ўзбeкистoн aдaбиёти вa сaнъaти” гaзeтaси, 2001 йил, 23 мaрт. 


O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy maslahatchisi, 1982-1983-yillarda 
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati bo’limida mas’ul kotib 
bo’ladi. 1983-yilda “Gulxan” jurnalining bosh muharriri, 1985-yildan esa 
O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi bo’ldi. 1988-yilda O’zbekiston 
Respublikasi mualliflik huquqini himoya qilish qo’mitasi raisivazifasida ishladi. 
1996-yilning mart oyidan 2009-yilgacha shoir O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi 
ning raisi vazifasida mehnat qildi. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin