O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/187
tarix23.11.2022
ölçüsü1,46 Mb.
#70003
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   187
 
 


220. Quyidagi misralar muallifi kim? She’r qanday nomlangan va kimga 
bag’ishlangan? 
 
Ko’p sog’indim, o’rtoqjon, bir oz gaplashsak, 
Burungidek Xadradan tushib O’rdaga, 
Yayov yurib muzdayin pivo xo’plashsak, 
Navoiyning kalomin solib o’rtaga… 
Yori aziz,qaydasan,qaydan qidiray? 
Hasrat to’lgan xatimni qayga yuboray? 
 
She’r “G’afurga xat” deb nomlangan bo’lib, Maqsud Shayxzoda tomonidan 
yozilgan. Mazmuniga ko’ra marsiya, u G’afur G’ulom vafotiga bag’ishlangan. 
She’r buyuk inson haqida, uning hayot yo’li to’g’risida, umuman, inson hayotining 
ziddiyatlari, inson umridagi o’tkinchi va boqiy narsalar haqida yozilgan. Ayni 
zamonda shoir o’zining qirq yillik qadrdon do’stidan ajralib, yuragidan kechgan 
alamli sog’inch hislarini insoniy tarzda ifodalagan. 
221Adabiy jamoatchilik Shayxzodaning qaysi dostonini adabiyotimizning 
yirik ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi? 
Maqsud Shayxzodaning ijodiy kamolotidan dalolat beruvchi asarlaridan biri 
1957-yilda yozilgan “Toshkentnoma” nomli lirik-falsafiy dostonidir. Keng adabiy 
jamoatchilik ijodkorning bu asarini adabiyotimizning yirik ijodiy muvaffaqiyati 
sifatida baholadi. 18 bob va muqaddimadan iborat bu asar fikrlar, tuyg’ular 
poemasi hamdir. Asardagi ayrim-ayrim lavhalarni lirik qahramon obrazi – shoir 
obrazi birlashtirib turadi va asarga bir butunlik baxsh etadi. 
Doston qahramonlari – Toshkent, toshkentliklar va shoir. Har bir bob, har 
bir misrada lirik qahramon ko’hna hamda navqiron Toshkentga bo’lgan mehrini 
ifodalaydi, o’z taqdirini shahar taqdiri, el taqdiri bilan birgalikda his qiladi: 
Har qachon, har qayda deyilsa “Toshkan”, 
 
 
Degaysan yozlarga yozlar tutashgan. 
 
 
Ha, “Toshkan” deyilsa, esga kelar yoz… 
 
 
Ha, “Toshkan” deyilsa, quyosh esda shay. 
 
 
Quyoshki, umrzoq avlodga damsoz, 
 
 
Bu yerda hamma der: – “Quyoshcha yashay”. 
 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin