Biologiyasi, ularga qarshi kurash choralari



Yüklə 368,82 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix23.11.2022
ölçüsü368,82 Kb.
#70091
13 ьфмяг



 MAVZU: PO‘STLOQXO‘RLAR VA ZLATKALAR 
BIOLOGIYASI, ULARGA QARSHI KURASH CHORALARI 
Reja:
1. 
Po‘stloqxo‘rlar turlari.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Po‘stloqxo‘rlar (Lipidae) 
Bu qo‘ng‘izlar, ayniqsa, olma qo‘ng‘izi yoki olxo‘ri va 
burishgan qo‘ng‘iz ko‘pgina meva daraxtlariga, danakli meva 
daraxtlariga zarar yetkazadi. Olma po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izi bilan 
uning lichinkalari daraxtlar shoxini va ba’zan butun-butun 
daraxtlarni, voyaga yetgan qo‘ng‘izlar esa yosh novdalarni 
quritib qo‘yadi. Bog‘ to‘g‘ri parvarish qilinmasa (yetarli 
sug‘ormaslik natijasida) hamda ilgari boshqa zararkunandalar 
ta’sirida kuchsizlangan daraxtlarga po‘stloq osti qo‘ng‘izlari, 
ayniqsa qattiq zarar yetkazadi. Po‘stloq osti qo‘ng‘izlari 
daraxtlar shoxida, po‘stlog‘i ostida, po‘stloq osti qavatidan 
ochgan yo‘llarda katta yoshli lichinka bosqichida qishlaydi. 
Lichinkalar qishlaydigan joyida martningikkinchi yarmidan 


boshlab g‘umbakka aylanadi, aprelda voyaga yetgan qo‘ng‘izlar 
paydo bo‘ladi. Qishlovchilichinkalar har xil yoshda 
bo‘lganligidan g‘umbaklardan qo‘ng‘iz chiqishi uzoqqa – 
iyulgacha davom etadi. Qo‘ng‘izlar dastlab paydo bo‘lgan 
joyida – shoxlarning po‘stlog‘i ostida, po‘stloq osti qatlamida, 
keyinchalik shoxlarning uchida, yosh novdalar asosida 
oziqlanadi, ularyarim doira kanallar ochib, shu yo‘l bilan 
novdalarni nobud qiladi. Qo‘ng‘izlar po‘stloq ostidan chiqib, 
to‘g‘ri yumaloq teshiklar ochadi, «uchish teshiklari» deb 
ataladigan bu yo‘llar zararkunandalarni aniqlashda muhim 
ahamiyatga 
ega. 
Danakli 
meva 
daraxtlarida 
shunday 
teshiklardan ko‘pincha yelim oqib turadi. Po‘stloq osti 
qo‘ng‘izlari kuchsizlangan daraxtlarga tuxum qo‘yadi. Urg‘ochi 


qo‘ng‘iz shunday daraxtlar shoxida «kirish teshigi», so‘ngra 
po‘stloq ostidan kanal ochadi, uning diametri qo‘ng‘iz 
tanasining kattaligida bo‘ladi. Urg‘ochi qo‘ng‘iz po‘stloq osti 
qavatini kemirib «parmalash uni» hosil qiladi va uni tashqariga 
chiqarib tashlaydi. Urg‘ochi qo‘ng‘iz «onalik yo‘li» (kanal) ning 
yonlarini kemirib, tuxum kameralari hosil qiladi va shu 
kameralarga bittadan tuxum qo‘yib ketadi, so‘ngra ularni 
parmalash uni bilan to‘ldiradi. Olxo‘ri qo‘ng‘izining onalik yo‘li 
5–10 sm, burishgan qo‘ng‘izniki 2–3 sm uzunlikda bo‘ladi. 
Qo‘ng‘iz mayda, tanasi kalta, silindrsimon shaklda bo‘ladi. 


Burishgan po‘stloqxo‘r (Scolytus rugulosus Rats.) 
Burishgan po‘stloqxo‘r qo‘ng‘izi tanasining uzunligi 2,3– 2,8 
mm, qorni ko‘tarilib turadi, ustki qanotlarida burishgan 
egatchalar, egatchalarida va ular orasida nuqtalar bor. Bu 
qo‘ng‘iz jami 120 tagacha tuxum qo‘yadi. Yiliga ikki marta nasl 
beradi. 
Po‘stloqxo‘rlarga qarshi, asosan, agrotexnikaviy va mexanik 
usullarda kurashiladi. Bog‘ni yaxshilab parvarish qilish, qurigan, 
zararlangan novda va daraxtlarni kesib, bog‘dan chiqarib 
tashlash kerak. Meva daraxtlarini o‘z vaqtida sug‘orib, 
oziqlantirib turish lozim. Qo‘ng‘izlar uchishi davrida daraxtlarga 
ilovada ko‘rsatilgan tartibda fosfororganik yoki piretroid 
preparatlar bilan ishlov berish zarur. 


Nokka ham bir qancha zararkunandalar zarar yetkazadi. 
Respublikamiz sharoitida nok daraxtlariga, ayniqsa, nok 
burga(shirin)chasi, nok biti, olma qurti ko‘proq zarar yetkazadi. 

Yüklə 368,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin