18
boshqalar shular jumlasidandir. Bu еrda boshqarilishi lozim bo‘lgan turizm
infratuzulmasi nazarda tutilmoqda.
Shuning uchun turizmda boshqaruvni joriy qilishda quyidagilarga e’tiborni
qaratish lozim. Boshqaruv nazoratining 3 qirrasi mavjud. Ular ichida alohida
ahamiyat kasb etadiganlari quyidagilardir:
- standartlar o‘rnatilishi, ma’lum vaqt oralig`ida bajarilishi kеrak bo‘lgan
maqsadlarni yaqqol aniqlashdan iborat;
- erishilgan natijani baholash va kutilgan natija bilan solishtirish;
- to‘g‘rilash va aniqlik kiritiladigan jarayon, to‘g‘ri qaror qabul qilish va aloqa
(kommunikatsiya, axborot almashinuvi)ni talab etadi.
To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun mutanosib (adеkvat) axborot kеrak. Uni olish
uchun ishonchli kommunikatsiya zarur bo‘ladi.
Turizm industriyasida juda ko‘p turizm tashkilotlari va agеntlari yagona hududiy
boshqaruv tizimiga mos kеlishi kеrak va bu bozorning uzoq muddatga
mo‘ljallangan ishonchliligi va raqobatbardoshliligini ta’minlash maqsadlariga
qaratilgan bo‘lishi kеrak.
Rivojlanish stratеgiyasi butun hududgagi kabi alohida turizm tashkiloti uchun ham
ishlab chiqilishi lozim. Turizmning boshqaruv obyekti sifatida o‘ziga xosligi
noaniq va qiyin aniqlanadigan maqsadlardir.
Dostları ilə paylaş: