O‘sish turlari: apikal, bazal, interkalyar, radial. O‘sish fazalari: embrional, chuzilish,
ixtisoslashish (diffirentsiatsiya). Hujayra tsikli. Chuzilish fazasida hujayraning o‘sishi va auksin
ta’sirining mexanizmi. Hujayra va to‘qimalarning ixtisoslashishi, determinatsiya jarayoni.
O‘simlik hujayrasining totipotentligi. Genom ekspressiyasi. O‘sish ritmi. TSirkadli ritmika.
Biologik soatlar. Omillarining o‘sishga ta’siri.
O‘sish jarayonlarining boshqarish mexanizmlari. Fitogormonlar: auksinlar, gibberellinlar,
tsitokininlar, etilen, abstsiz kislotasi (tuzilishi va fiziologik ta’siri). Tabiiy o‘sish ingibitorlari va
ta’sir mexanizmlari. Sintetik o‘sish ingibitorlari va stimulyatorlari,
ularning amaliyotda
qo‘llanilishi.
O‘simliklarning harakatlanishi. Tropizmlar. Nastiyalar. Seysmonastik harakatlar.
Korrelyatsion samaralar.
Yuksak o‘simliklarning hayot tsikli. Ontogenezning asosiy bosqichlari: embrional,
yuvenil, voyaga yetish, ko‘payish, qarish. Rivojlanishni boshkaruvchi ichki va tashki omillar.
O‘simliklar rivojlanishiga harorat va yoruglikning ta’siri. Yarovizatsiya. Fotoperiodizm.
Fitoxrom tizimi. Gullashning gormonal nazariyasi. Meva va uruglarning pishishi.
Qarish
jarayoni.
Ajratib olingan murtak, organlar, tuqimalar, hujayralar, protoplastlarini o‘stirish. Hujayra
biotexnologiyasi.
O‘simlik hujayralarini o‘stirishdan amaliyotda foydalanish yo‘llari. Protoplastlarni
ajratish va o‘stirish usullar.
O‘simliklarning noqulay omillariga chidamliligi. Chidamlilik—o‘simliklarning yashash
muhitiga moslashuvidir. Ekologik stressga nisbatan o‘simliklar
adaptiv reaktsiyalarining
umumiy printsiplari. Stress oqsillar.
O‘simliklarning kurg‘oqchilikka chidamliligi. Tuproq va atmosfera kurg‘oqchiligi.
O‘simlik to‘qimalarida fiziologik—biokimyoviy jarayonlarning buzilishi. Kserofitlarning
kurg‘oqchilik sharoitiga moslashish yo‘llari. Moddalar almashinuvining ortiqcha namlikda
buzilishi.
Anoksiyaga chidamlilik. Tuproq anaerob mikroorganizmlari faoliyatining faollanishi.
O‘simliklarga yuqori haroratning ta’siri. Issiqlikka-chidamlilik. Sovuqqa va o‘ta sovuqqa
chidamlilik. O‘simliklarni chiniqtirish. Yashash muhitining o‘simliklar
qishga chidamligiga
ta’siri.
Qishki-kuzgi faslda boshqa ob-havo sharoitlarining chidamlilikga ta’siri.
Tuproqning sho‘rlanishi (sho‘rtob, sho‘rxok). SHo‘rlanish turlari va ularining fiziologik
jarayonlarga ta’siri. O‘simliklarning sho‘rga chidamliligini oshirish usullari.
O‘simliklarning gazlar va ksenobiotiklarga chidamliligi. O‘simliklarning ulg‘trabinafsha
radiatsiyaga chidamliligi. O‘simliklarning og‘ir metallarga chidamliligi. Chidamlilikning
umumiy mexanizmlari va moslashishi jarayonining tuzilishi. Stress fiziologiyasi.
Yuksak o‘simliklar patogen mikroorganizmlarga chidamliligining fiziologik—
biokimyoviy asoslari. Fitoimmunitet.
Dostları ilə paylaş: