9-modda. Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini rejalashtirish Oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarishni, oziq-ovqat mollari bilan savdo qilishni, umumiy
ovqatlanish tizimini rivojlantirishning respublika va mintaqaviy maqsadli dasturlarini ishlab chiqish
chog‘ida oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash tadbirlari nazarda tutilmog‘i
kerak.
10-modda. Yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish Yuridik va jismoniy shaxslar yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish yoki uni
takomillashtirish chog‘ida, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish chog‘ida oziq-
ovqat mahsulotining xavfsizligini, yaroqlilik muddatini, sifat ko‘rsatkichlarini va nazorat qilish
usullarini asoslab berishlari shart.
Oziq-ovqat mahsulotining sifat ko‘rsatkichlari, uning xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar
majburiy bo‘lib, ushbu mahsulotning normativ hujjatlariga kiritiladi.
Sifati va xavfsizligi muayyan vaqt o‘tganidan keyin o‘zgarishi hamda odamlarning hayoti va
salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotiga yaroqlilik muddati
belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang. Yangi oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarishga, yangi texnologiya jarayonlarini, uskunalarni
joriy etishga ular toksikologiya-gigiyena ekspertizasidan, hayvonlardan olinadigan oziq-ovqat
xomashyosi esa davlat veterinariya xizmati tomonidan o‘tkaziladigan veterinariya va veterinariya-
sanitariya ekspertizasidan keyin va (yoki) mahsulot belgilangan qoidalar va normalarga mosligi
haqida davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning sanitariya-epidemiologik
xulosasi, davlat veterinariya xizmatining veterinariya xulosasi olinganidan hamda oziq-ovqat
mahsuloti davlat reyestriga kiritilganidan keyin yo‘l qo‘yiladi.
(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)