Kompyuter tizimi elementlari. Video o’yinlar, aqlli telefonlar va avtomatlashgan tizimlarning barchasida 4ta asosiy
komponentalar bor. Bular:
1. Ma’lumot kiritish qurilmasi.
2. Ma’lumot almashish qurilmasi.
3. Xotira va saqlash.
4. Ma’limotlarni qayta ishlash.
Kompyuterning moddiy elementlari kompyuter qurilmalari hisoblanadi. Masalan, klaviatura,
mikrofon, kamera, monitorlar, chiplar, printerlar va boshqalar. Komputer qurilmalari tezlik bilan
o’zgarib, ko’payib bormoqda. Masalan, bugungi kunda ko’plab kompyuterlar ovoz, grafika,
animatsiya va videolar bilan ishlay oladi. Smartfonlar ham ba’zi kompyuter funksiyalarini
bajaradi.Hardwarening teskarisi bu dasturiy ta’minot (software) hisoblanadi. Biznesda dasturiy
ta’minotning har xil turidan foydalaniladi. Bu matnli fayllar, electron jadvallar, ma’lumotlar
bazasi, taqdimot va aloqa tizimiga oid dasturlarni o’z ichiga oladi.
Kompyuter tarmog‘ining umumlashgan tuzilmasi Kompyuter tarmog‘i kup mashinali assotsiatsiyaning oliy shakli sanaladi. Kompyuter
tarmog‘ining kup mashinali xisoblash kompleksidan asosiy farkini kursatamiz.
Birinchi fark - xajm, ulcham. Kup mashinali xisoblash kompleksi tarkibiga odatda bitta
binoda joylashgan ikkita, kupi bilan uchta EHM kiradi. Hisoblash tarmog‘i bir-biridan bir necha
metrdan tortib un, yuz va xatto ming km uzokda joylashgan unlab, yuzlab EHMdan iborat bulishi
mumkin.
Ikkinchi fark- vazifalarning EHMlar urtasida bulinishi. Agar kup mashinali xisoblash
kompleksida ma’lumotlarni kayta ishlash, ularni uzatish va tizimni boshkarish bitta EHMda
bajarilgan bulsa, xisoblash tarmog‘ida bu vazifa turli EHMlar urtasida taksimlangan.
Uchinchi fark - tarmokda xisoblarni marshrutlashtirish vazifasini xal etish zarurligi.
Tarmokda xar bir EHMdan boshkasiga EHMlarni bir-biri bilan bog‘lovchi aloka kanallarining
axvoliga karab uzatilishi mumkin. Hisoblash texnikasini, aloka apparaturalari va ma’lumotlarni
uzatish kanallarini bitta kompleksga birlashtirish kup mashinali assotsiatsiyaning xar bir elementi
tomonidan uziga xos talablar suraydi, shuningdek maxsus atamalarning shakllanishini talab kiladi.