ba’zi xaridorlar ularni qimmat narxlarda ham sotib olishadi va xaridorlarga chet mahsulotlari
ko’proq ma’qul kelishi mumkin.
Fransuz atirlari, norvegiya sviterlari,
shved soatlari shular
jumlasidandir.
Eksport qilish
Boshqa mamlakatlarga sotilgan mahsulot yoki xizmatlar eksportlar deb ataladi.Importlar sizga
foydali bo’lsa, eksport boshqa mamlakatdagi iste’molchilar uchun foydali.Dunyo bo’ylab ishchilar
AQSHda ishlab chiqarilgan texnikalardan foydalanishadi. Ular AQSH qishloq xo’jalik
mahsulotlari bilan oziqlanishadi va AQSHda ishlab
chiqarilgan kimyoviy moddalar, mineral
og’itlar, dori-darmonlar va plastmassalaridan foydalanadilar. Chet mamlakatlari AQSH kinolarini
yoqtirishadi. Ular shuningdek CNN va ESPN kanallarini tomosha qilishadi. AQSH kompaniyalari
tomonidan
nashr qilingan kitob, gazeta va jurnallarni o’qishadi. Har 6 ta ish o’rnidan bittasi
Qo’shma Shtatlar xalqaro biznesi bilan aloqador.
Savdo aloqalarini baholash.
Odamlarning ishlashini asosiy sababi narsalar sotib olish uchun pul ishlab topishdir.Birinchi
navbatda ular maosh uchun o’zlarining ishchi kuchlarini sotishadi.
Keyin maoshlarining kata
qismini mahsulot va xizmatlar uchun sarflaydilar. Insonlar odatda o’zlarining kirim va
chiqimlarini muvozanatda ushlab turishga harakat qiladilar. Odamlar
agar ular daromadlariga
nisbatan ko’proq pul sarflab qo’yshsa, o’zlarida moliyaviy muammolar paydo bo’lishini
bilishadi.Odamlar daromadlarini sarflashdan xavotirlanishadi.Iste’molchilar daromadlariga
nisbatan ko’proq narsa sotib olishganda, ular qarzdorga aylanishadi.Qachonki mamlakat
yetarli
bo’lmagan miqdorda savdoni olib borsa, shu yo’sinda
ular boshqalarga pul qarz
bo’lishadi.Davlatning boshqa davlatlarga ma’lum miqdordagi qarzi tashqi qarzlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: