mo’ljallngan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik umuman pul topish emas, balki yaratuvchilik
faoliyati orqali daromad olishni bildiradi.Tadbirkorlik ish yuritmay turib, kapital hisobidan tekin
daromad ko’rib, uni parazitlarcha o’zlashtirishni inkor etadi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish uchun bir qancha tug’ma va o’zi ega bo’lgan sifatlar zarur. Shuning uchun xaqiqiy
tadbirkorlar tez-tez uchramaydilar. Masalan, amerikaning ilmiy izlanishlari asosidagi
ma’lumotlariga ko’ra mehnatga qobliyatli axolining har 100 tasidan, atigi 7 kishi xaqiqiy tadbirkor
bo’lib chiqadi. Biznesmen bo’lib yuradiganlar esa ko’p. Biznes - «Ish», «kommertsiya» demakdir.
Amerikacha biznes - bu jamiyat talablarini va xoxishini qondirish uchun ishlab chiqarish tizimidir.
Biznes - bu mashshaqatli va foydali ishdir». Tadbirkorlik mulkiy munosabatlar doirasida yuz
beradi. Mulkchilik turli - tuman bo’lganidek tadbirkor ham bir xil emas.
Tadbikorlikning muhim xususiyatlari (belgilari yoki tomonlari) quyidagilar:
♦ mustaqillik;
♦
tavakkalchilik;
♦ mustaqil fikrlash;
♦ o’z kuchiga ishonish;
♦ yaratuvchanlik, navatorlik kobiliyati;
♦ tinimsiz izlanish;
♦ tashabbus ko’rsatib ishlash;
♦ uddaburonlik.
♦ mulkiy munosobatlarning ishtirokchisi bo’lish, ishlab chiqarish omillarining barchasiga yoki
ba’zi biriga va yaratilgan tovarlarga egalik qilish.
♦ javobgarlikni xis etish.
♦ iqtisodiy erkinlik, xo’jalik faoliyati turini tanlash, uni resurslar bilan ta’minlash, oldi-sotdi
ishlarini yuritish, ishlab chiqarishni boshqarishda erkinlik.
♦ iqtisodiy xatti-xarakatlar uchun ma’suliyatni o’z zimmasiga olish:
ish natijasiga
javob berish, tavakkal qilib ish yurita olish, iqtisodiy xatarli ishga qo’l urush.
♦ foyda olishga intilish: foydaga erishish chora-tadbirlarini ko’rish, olingan foydani o’z bilganicha
ishlatish.
♦ tijorat siriga ega bo’lish: biznesga oid va o’zgalarga
♦ raqobat kurashida qatnashish: bozorda amalqiluvchi qoidalarga rioya etgan holda halol
raqobatda qatnashib, uning g’irrom, yovvoyi usullaridan voz kechish.
♦ halollik bilan ish yuritish, qalloblik, g’irromlik va aldamchilikka moyil bo’lmaslik. Obro’
(imij)ga ega bo’lish, boshqalarga ishonish va boshqalar ishonchini qozonib shon-shuxrat orttirish,
firma nomini e’zozlab, unga putur etkazmaslik, firmani obro’sizlantirmaslik.
♦ tashqi muhit (soliq va boshqa tashkilotlar), o’z xodimlari va hokozalar) bilan yaxshi munosabat
o’rnatish.
1. Tadbirkor
maqsadni aniq belgilaydi, ishlab chiqarish dasturini tuzadi va unga erishadi. Er,
kapital va mehnat resurslarini, tovar ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarish maqsadida ularni
yagona jarayonga birlashtiradi. Tashabbusni o’z qo’liga oladi.Tadbirkor bir vaqtning o’zida ishlab
chiqarishni xarakatga keltiruvchi
kuch va o’rtada turgan vositachi hisoblanadi. Foydali jarayonlarni amalga oshirish uchun boshqa
resurslarning qo’shilishini ta’minlaydi. Dasturda maqsadga erishishning yo’l-yo’riqlari, ta’minot
va xarid kabi bandlari o’z aksini topishi lozim.
Dasturning bandlar soni, qanday davrni o’z ichiga olishi, korxonaning qanday bo’limlari uchun
tuzilishi, ichki sharoitlari va tashqi muhitning o’zgarishi ham o’z aksini topishi maqsadga
muvofiqdir. Tadbirkor korxona dasturini tuzishda quyidagi asosiy mulohazaga e’tibor beradi:
− Maqsadga qanday erishish mumkin;
− Korxonani kelajakda nimalar kutmoqda (ya’ni ishlarni rejalashtirish).
Agar shu ikkita mo’ljal bir-biriga mos keltira olinsa, korxona faoliyati dasturini tuza olish mumkin.
Dastur tuzishni shartli ravishda uch bosqichga bo’lish mumkin:
1. Mahsulot sotiladigan bozorni tahlil etish lozim. Tahlil ikki yoqlama uzviy bog’langan holda
qilinadi. Birinchisi, korxona ishlab chiqargan mahsulotning bozordagi ijobiy tomonlarini o’rganib
chiqish, ikkinchisi salbiy tomonlarini chamalab ko’rish. Ikkala holda ham tadbirkor talab va taklif
o’zgarishi, fan va texnika yutuqlari, raqobat o’zgarishini hisobga olgan holda bir yildan besh
yilgacha bashorat qilishi kerak.
2. Korxonaning ichki imkoniyatlarini to’liq hisobga olgan holda maqsadni to’g’ri qo’ya bilish.
Eng yaxshisi, korxonaning kuchli tomonlari va kamchiliklari bir-biri bilan solishtirilib, talab va
taklifning o’zgarishiga bog’lanadi. Solishtirish natijasida qaysi maqsad imkoniyatga mos keladi,
qaysinisi mos kelmasligi yaqqol ko’rinib qoladi. Shular asosida tadbirkor o’z maqsadini yana bir
bor qayta ko’rishi lozim. So’ngra imkoniyat mavjud bo’lgan, uddasidan chiqa oladigan vazifalar
tanlanadi.
3. Korxona faoliyati rivojlaishining eng foydali variantini tanlab olish.
Korxonaning xom-ashyosi va tashkiliy imkoniyatlari majmuasi aniqlanadi.
Bunda asosan uchta ko’rsatkichga e’tibor berish kerak:
a) korxonaning bozor muhitida tutgan o’rni,ya’ni chiqariladigan mahsulotlarning
qanchalik talabga javob berayotganligi, sifat jihatidan ham,
son jihatidan ham;
b) korxona qaysi xo’jalik shakliga mansubligi, ya’ni tarmoqqa qarashlimi yoki
xo’jalik sektorigami va x.k,;
v) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turining xilma-xilligi, ya’ni taklif etilayotgan turning talabga
qanchalik mos kelayotganligi. Yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, korxona
doirasida ham, bozor sharoitida ham o’zining kelib chiqishi va xususiyatlariga ko’ra bashorat
qilish ancha mushkul ishdir. Shu sababli dastur tuzishda uchinchi bosqichni o’rganayotganda
qo’shimcha maslahatchilarga murojat etish maqsadga muvofiqdir.
1. Tadbirkorning muhim vazifalaridan yana biri - biznes faoliyati bilan shug’ullanayotganida
korxona faoliyati yo’nalishini belgilovchi asosiy qarorlarni qabul etishdek murakkab vazifalarni
o’z zimmasiga olishdir.
2. Tadbirkor - kommertsiya asosida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish,
yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini yoki xatto biznesni tashkil etishning yangi shakllarini
kundalik hayotga kiritib boradi.
3. Tadbirkor - tavakkalchilik bilan o’z ish vaqti, mehnati, ishidagi obro’si,
shuning bilan birga
o’zining shaxsiy va o’z kompanonlari yoki aktsionerlarining sarflagan mablag’laini garovga
qo’yib ish olib boradi. Tadbirkorga foyda olish kafolati berilmagan. Shuning uchun ham
kapitalizm iqtisodiyotida tadbirkorlik qobiliyatiga alohida o’rin beriladi, u «mehnat»
tushunchasiga kirmaydi, chunki uning o’ziga xos xususiyatlari, ahamiyati bor.
«Mehnat» - kishilarni tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish borasidagi jismoniy va aqliy
qobiliyatlaridir. «Mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati» mehnat resurslarini tashkil etadi.
Tadbirkor aniq bir ishlab chiqarish faoliyatini tanlab olib, o’z korxonasini yurgizib yuborgandan
so’ng, uning asosiy vazifasi ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz boshqarishdan iborat bo’ladi.
Bunday holatda tadbirkorning nazarida u hamma erda zarurga o’xshaydi, go’yo u siz xech qanday
ish bitmaydi. Lekin, bunday o’ylash aslo to’g’ri emas. Barcha vazifalarni o’z zimmasiga yuklash
noto’g’ridir, chunki ishlab chiqarish jarayonida shunday holatlar bo’ladiki, boshqalar ushbu ishni
yaxshiroq bajarishlari mumkin. U tadbirkorlik bilan ish olib borishi kerak. Masalan, xodimlar
masalasida, ta’minot masalasida, xarid qilish, ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash masalasida
tadbirkor, birinchi o’rinda yaxshi tashabbuschi, tashkilotchidir. Tadbirkor o’zining yuqorida zikr
etilgan xizmat vazifalarini amalga oshirishda korxonaning ishlab chiqarish
jarayoni dasturini
tuzish, sistemali boshqarish, iqtisodiy tahlil etish, korxona istiqbolini bashorat etish kabi ilm-fan
yutuqlaridan unumli foydalaniladigan ilg’or bilimlarni qo’llashi maqsadga muvofiqdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorning asosiy maqsadi o’z qo’l ostidagi ishlab chiqarish
vositalaridan, ixtiyoridagi resusrslardan unumli foydalangan holda bozor talablariga to’g’ri javob
beruvchi mahsulot ishlab chiqarib, unumli foyda olishdir. Maqsadga erishish yo’llarini ishlab
chiqishda tadbirkorlarning albatta o’z dasturi bo’lishi lozim. Dastur korxonaning katta yoki kichik
bo’lishidan qat’iy nazar, tuzilishi maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: