Biznes boshqaruv asoslari


Qaror qabul qilish jarayoni



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/163
tarix25.11.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#70559
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
portal.guldu.uz-Biznesni boshqarish asoslari

Qaror qabul qilish jarayoni. 
Siz tezkor tanlov tanlashda hissiyotlardan farqli o’laroq chuqur o’ylangan jarayonlarga 
asoslansangiz siz yaxshiroq qaror qabul qilishga muvaffaq bo’lasiz. 
Natijaviy qaror qabul qilish jarayoni 6 bosqichdan iborat. 
1.Muammoni tushunish. 
2.Tanlovlar bilan tanishish. 
3.Har bir tanlovni foydali yoki foydasizligini baholash. 
4.Eng yaxshi muqobilni tanlash. 
5.Tanlovni ijro etish. 
6.Qarorni qayta ko’rib chiqish. 
Muammoni tushunish. 
Har bir qaror uchun qilingan qaror yaxshi natijaga bowlashi uchun muammo bilan aniq 
tanishib chiqilgan bo’lishi shart. Agar sizga uchta test uchun ikki soat vaqt berilgan bo’lsa, sizning 
muammoyingiz testlar uchun chegaralangan vaqtni eng yaxshi taqsimlab chiqish hisoblanadi. 
Tanlovlar bilan tanishish. 
Sizni muqobillar orasidan tanlovlarga yuzlashishingiz tabiiy holdir.Oldinroq biz 75$ 
qanday eng yaxshi sarflash masalasiga to’xtalgan edik. Bunda 75$ ni oyoq kiyimga yoki pizzaga 
va kinoga sarflashdan boshqa variantlar ham mavjud, ehtimol siz uni odatiy kunlik 
xarajatlaringizga sariflashingiz mumkin yoki uni kollej uchun yig’ib qo’yishingiz mumkin.Eng 
muhimi shundaki siz qaror qabul qilishda barcha muqobillar bilan tanishsib chiqishingiz va eng 
yaxshini tanlashingdadir. 
Har bir tanlovni foydali yoki foydasizligini baholash. 
O’z qaroringizni yozishdan oldin siz har bir tanlovni foydali va foydasiz taraflari bilan 
tanish bo’lishingiz kerak. Agar siz oyoq kiyim sotib olsangiz siz uni uzoq vaqt kiyishingiz mumin, 
lekin do’stlaringiz bilan kin ova pizzani lazzatidan vos kechishingiz kerak.Agar siz pulingizni 
yig’ib qo’yishni tanlasangiz ehtimol kiyinroq kattaroq narsaga sarflashingiz mumkinsiz va 
do’stlaringiz sizga vaqtizni sarflashni eng qulay yo’lini belgilab berishi mumkin. 
Eng yaxshi muqobilni tanlash. 
Tanlovni tanlashda siz malum bir vaqt ichida siz uchun eng yaxshisi qaysi biriligiga 
ishonishingiz kerak.Garchi siz birinchi uch qadamda yaxshi ishni amalga oshirgan bo’lishingiz 
mumkin, lekin kiyingi qadam og’ir bo’lishi mumkin.Siz sizning tanlovingiz hozir ham kelajakda 
ham natijaga ega bo’lishiga ishonchingiz komil kerak. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin