Academic research in educational sciences volume 2


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 268,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix26.11.2022
ölçüsü268,99 Kb.
#70622
1   2   3   4   5   6   7
31b3222b-dc74-431f-90c8-487759a2cdd5

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-1108-1113 
Academic Research, Uzbekistan 1137 www.ares.uz 
V.Guzevning ta'kidlashicha. an'anaviy uslubda ta'lim maqsadlari dastur talablariga 
muvofiq holda noaniq, ya'ni ta'lim oluvchilarning "o'zlashtirish" tushunchasi 
qobig'iga o'ralgan noaniq tasavvur bilan tavsiflanadi. Ko'proq yutuqlarga erishgan 
o'qituvchilarning ish tajribalarini umumlashtirish asosida ta'lim jarayonlari tashkil 
etiladi. Har bir aniq vaziyat uchun mana shu o'qituvchilarning pedagogik faoliyati 
namuna sifatida ko'rsatiladi. Ammo bir qator olimlar ta'limning alohida uslubiyotlari 
davri o'tganligi va har qanday ilg'or pedagoglar tajribalarini umumlashtirish tizimli va 
maqsadga 
yo'naltirilgan, 
samarali 
ta'limni 
qurish 
imkonini 
bermasligini 
ta'kidlamoqdalar. Hozirgi kunda ko'pgina mutavassislar an'anaviy pedagogikani 
tanqid qilgan holda o'qitishda haligacha umumiy tushunchalar, qoida va qonuniyatlar 
o'rganiladigan yondashuv ustivorligini ta'kidlamoqdalar. O'quvchilarning real dunyo 
ob'ektlari bilan ishlashi hajm va mazmun jihatidan juda kam.
 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Interfaol pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning 
afzalliklari shundan iboratki, bunday darslar tizimi tafakkurni charxlaydigan, Vatanga 
cheksiz muhabbat, sadoqatni, fuqarolik axloqi va demokratik madaniyatni 
shakllantiruvchi fan asosi bo‘lib xizmat qiladi. Fanlarni o‘qitishda ―Guruhlar bilan 
ishlash‖, ―Munozara‖, ―Muammoli o‘qitish‖, ―Aqliy hujum‖ kabi metodlar
shuningdek jadvallar bilan ishlash, mustaqil fikrni ifodalaydigan yozma ishlar, 
insholar yozish o‘quvchilar faolligini oshiradi.
Bu metodlar asosida olib borilgan ana shunday darslar vaqt tejamkorligi bilan 
birga, yangi bilimlarni o‘quvchiga yetkazib beradi, shuning bilan birga bolani 
o‘ylantiradigan, chuqur mushohadaga undaydigan, butun diqqat e‘tiborini o‘ziga jalb 
qila oladigan, muammoli vaziyatlar, bahs-tortishuvlarda to‘g‘ri xulosalar bilan 
vaziyatdan chiroyli chiqib keta oladigan va olgan bilimlarini boshqa mavzular bilan 
bog‘lab, umumlashtiradigan sharoitga ega bo‘ladi.
Hozirgi davr ta‘lim taraqqiyoti yangi yo‗nalish – innovatsion pedagogikani 
maydonga olib chiqdi. "Innovatsion pedagogika" termini va unga xos bo‗lgan 
tadqiqotlar G‗arbiy Yevropa va AQShda 60-yillarda paydo bo‗ldi. Yangilik 
kiritishning sotsial-psixologik aspekti amerikalik innovatik E.Rodjers tomonidan 
ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoni qatnashchilarining toifa(tip)lari tasnifini, 
uning yangilikka bo‗lgan munosabatini, uni idrok qilishga shayligini tadqiq etadi.
Pedagogik texnologiya — ta‘lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik 
texnologiyalarni qo‗lash, texnologik yondashuv asosida ta‘lim va tarbiya 
jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o‗rganadi. Texnologiya 



Yüklə 268,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin