rivojlanishi va atrof-muhit holatiga ta’sirini ko‘rsatishda tarixiy ma’lumotlarning
ahamiyati kattadir. Matematika o‘quv predmeti insonning intellektini, diqqatini
rivojlantirishda, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda,
algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda
katta o‘rin tutadi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea
va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika
va texnologiyalarning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Informatika va axborot
texnologiyalari o‘quv predmetini o‘qitish ilmiy-texnik jihatdan yanada rivojlanish
uchun raqamli iqtisodning ustuvorligini e’tiborga oladi, umumiy o‘rta ta’lim
muassasalari o‘quvchilarining raqamli texnologiyalar borasidagi kompetensiyasi va
madaniyatini hamda tanqidiy fikrlash qobiliyati va kreativ axborotkommunikatsion
kompetensiyalarini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
Tabiat hodisalarini va asosiy fizik jarayonlarni anglash bilan birga, texnika va
texnologiyalarni rivojlantirishda Informatika va AT qonunlarini amalda qo‘llashni
o‘rganadilar. Fanni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati,
aqliy rivojlanishi va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, olamning yagona
manzarasiga oid tafakkur, informatika va axborot texnologiyalari fanida olgan amaliy
ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda egallagan bilimlardan kundalik hayot faoliyatlarida
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Jadal rivojlanayotgan
raqamli asrda innovatsion mahsulotlarni yaratish uchun yangi bilimlarni o‘zlashtirish
va amalda qo‘llashning tobora ortib borayotgan ahamiyati milliy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligini va milliy xavfsizlik strategiyalarining samaradorligini belgilovchi
muhim omillardan biridir. Globallashuv davrida mehnat bozori talablariga mos,
nostandart masalalarni ijodkorlik yondoshuvi asosida yecha oladigan yoshlarni
tarbiyalash masalasini amalga oshirish uchun muayyan fikrlash modellari zarur,
bolalarda bunday fikrlash modellari maktab yoshida shakllanadi.
Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi loyihasi Jahon ta’lim tizimida fan
va innovatsiya faoliyatining yutuqlaridan keng foydalanish, jamiyat va davlat
hayotining barcha sohalarini izchil va barqaror rivojlantirish mamlakatning munosib
kelajagini barpo etishning muhim omili. Yuqori kasbiy kompetentlikka ega,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta’limda innovatsiyalar, o‘qitishning zamonaviy,
interaktiv va ijodiy uslublarini keng joriy etish o‘quvchilarning motivatsion, kognitiv,
operatsion, refleksiv va o‘z-o‘zini baholash kabi indikatorlar asosida ilmiy
izlanishlarni amalga oshira oladigan qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi. Innovatsion iqtisodiyotda zamonaviy AKT ni yuqori darajada bilish, raqamli
texnologiyalarni o‘zlashtirish va rivojlantirish qobiliyati o‘ta muhim omil sifatida
qaraladi. Informatika va AT o‘quv predmeti - umumiy o‘rta ta’lim o‘quv fanlarining
tarkibiy qismi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari to‘g‘risidagi bilimlarni amaliyotga joriy
qilish, inson faoliyati, umumiy, raqamli va moddiy madaniyatning turlarini
shakllantirishning umumiy tamoyillari, o‘ziga xos ko‘nikmalarini o‘zlashtirish,
shuningdek, raqamli texnologiyalar asosida amaliy muammolarning innovatsion
yechimlarini topish va hayotga tadbiq etish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: