O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
www.ziyouz.com кутубхонаси
123
MASHRAB BOBOYEV
(1941)
Adib Mashrab Boboev o‘z tengdoshlari orasida ko‘p qirrali
ijod sohibi ekanligi bilan
farqlanib turadi. U bir vaqtning o‘zida kattalar va bolalar uchun she’r yozadi — shoir.
Ayni paytda hikoyalar, qissalar muallifi — nosir, Yana sahna asarlari yozadi — dramaturg
ham.
U 1941 yili Samarqand viloyatishgag
Poyariq tumanida oddiy dehqon, bog‘bon
oilasida tavallud topgan. O’rta maktabni tugatgach, jamoa xo‘jaligida avval traktorchi,
keyin esa kutubxonachi bo‘lib ishlaydi. 1958—1960 yillarda
madaniy-oqartuv bilim
yurtida, so‘ng Toshkent Teatr va rassomchilik instituti kechki bo‘limida tahsil ko‘radi.
Institutni tugatgach, Samarqand viloyati xalq ijodiy uyiga rahbarlik qiladi. Tuman,
viloyat, radio va ro‘znomalarda muxbir bo‘lib ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Toshkentga kelgach, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida, G’.G’ulom
nomli Adabiyot
va san’at nashriyotida, «Yosh gvardiya» nashriyotida muharrir, «Sharq yulduzi»
oynomasida adabiy xodim bo‘lib ishlaydi. Hozirgi kunda shoir
va dramaturg Mashrab
Boboev Madaniyat ishlari vazirligida ishlamoqda.
Mashrab Boboev shoir va adib sifatida 60-yillardan boshlab matbuotda ko‘rina
boshladi. Uning «Onamga xat» nomli birinchi she’riy to‘plami 1971 yilda nashr etiladi.
So‘ngra «Bahor kayfiyati» (1972), «So‘z» (1978), «Olisdagi chiroq (1981), «Bag‘ishlov»
(1984), «Men bilgan sir» (1991) kabi bir qancha she’riy to‘plamlari bosiladi. To‘plamdan
o‘rin olgan deyarli barcha she’rlarda shoir yaxshi odamlar, urf-odatlar, beg‘ubor
sevgi-
muhabbat, kelajak orzular haqida to‘lib-toshib kuylaydi.
Mashrab Boboev bolalar shoiri sifatida «Paxtam mening — baxtim mening» (1975)
kabi qiziqarli she’riy majmua ham yaratgan.
Adib yosh, iste’dodli dramaturg sifatida ham el-yurtga tanilgan adiblardan biri. U
o‘ndan ortiq sahna asarlari yaratgan bo‘lib, bular orasida «O’ttiz yoshlilar» (1976), «Yer
tomiri» (1979), «Gurung» (1979), «Onaizor» (1985), «Yashasin, afandi» (1985),
«Mushkul savdo» (1989) kabi pesalari ko‘pchilikka manzur bo‘lgan. Dramaturg ushbu
p’esalarni «Qani, mening yulduzim» (1987), «Nomsiz yulduzlar» (1991) nomi bilan
to‘plam holida nashr ettirgan. Shular qatori «Iroda» (1986)
nomli telespektakl, «Sevgi
nidosi» (1991, «Sab’ai sayyor» asosida) telebaletining ham muallifidir.
U mohir tarjimon, o‘tli publipist sifatida ham barakali ijod qilib kelmoqda. Xususan, u
V.Katayevning «Xayol chechaklari» (1976), O. Chiladzening «Rangin dunyo» (1973), M.
Bsisuning «Tashrif qog‘ozi” (1978) kabi asarlarini ham o‘z tiliga ag‘dargan. Mashrab
Boboev ko‘p qirrali va sermahsul iste’dod egasi sifatida hozirgi adabiy jarayonda o‘z
ovoziga ega adiblar sirasiga kiradi.
O’zbek adiblari. Sobir Mirvaliyev – “Fan” nashriyoti - 1993
Dostları ilə paylaş: