Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

2. 
 
Shaxsiy muloqotda ro‘y beradigan kamchiliklarni darhol bartaraf etishi: 
✓ kamchiliklarga barham berish choralarini darhol izlab topish; 
✓ har qanday vaziyatda o‘quvchilarga qo‘pollik qilmaslik; 
✓ o‘quvchi shaxsini mensimaslik kabi salbiy holatlarni bartaraf etish. 
3. 
 
O‘qituvchi o‘zi uchun muloqot madaniyatining eng qulay bo‘lgan 
uslublarini tanlab olishi: 
✓ pedagogik faoliyatiga monand muloqot madaniyati modelini ishlab 
chiqishi; 


✓ o‘z-o‘zini kuzatish bilan muloqotdagi yutuq va kamchiliklarini 
muntazam taqqoslab borishi; 
✓ muloqotda milliy ma’naviyatimiz, urf-odat va an’analarimiz 
imkoniyatlaridan doimiy foydalanish. 
4. 
 
Muloqot madaniyatida pedagogik faoliyat qonuniyatlaridan chetga 
chiqmaslik: 
✓ har bir o‘quvchining individual xususiyatlariga mos muloqot tizimini 
ishlab chiqishi; 
✓ muloqotning tarbiyaviy ta’sirini va samarasini e’tirof etish; 
✓ muloqot madaniyati asosida pedagogik mahoratni namoyish etish. 
 
Pedagogik faoliyatni endigina boshlayotgan yosh o‘qituvchilar o‘z kasbiy 
mahoratlarini oshirish maqsadida o‘quvchilar bilan muloqot madaniyatini 
shakllantirish ustida muntazam ish olib borishlari zarur. 
Ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda pedagogik muloqot madaniyati 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning bevosita o‘zaro munosabatini ma’lum bir maqsad sari 
hamjihatlikka yo‘naltiruvchi kuchdir. Bu o‘rinda o‘qituvchi quyidagi vaziyatlarni 
e’tiborga olishni alohida ta’kidlash lozim:
- o‘qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya 
qilishi, bu jarayonda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani 
vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat, so‘z ohangiga e’tibor, an’anaviy 
muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o‘zlashtirishi;
- muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o‘quvchilar 
hatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini 
qiyoslab chiqib baho berish;
- o‘z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib
kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. Zarur so‘z, ovozdagi yoqimli ohang, 
hulq-atvorni vujudga keltirish; 
- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-
sharoitlarini bilib olishning o‘zi kifoya qilmaydi, o‘quvchilar bilan o‘zaro 
muomalaning “ustoz-shogird” an’analariga xos boshlanishi va o‘zaro fikr almashish 
asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala ob’ektining diqqatini o‘ziga jalb 
qilish;
- muloqot ob’ekti, ya’ni o‘quvchining diqqatini o‘ziga jalb qilish deganda 
nimani anglash kerak? Buning ma’nosi o‘qituvchi o‘zining xushmuomalaligi, 
madaniyati, go‘zal xulqi, muloqotda o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olishi bilan o‘z 


mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-
psixologik negizni asos qilib olishidir.
Ko‘rsatib o‘tilgan vaziyatlar asosida pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun, 
o‘qituvchining pedagogik muloqot madaniyatiga, etikasi va odob-axloqiga
dilkashligiga, muosharat odobiga alohida talablar qo‘yiladi. Ushbu fazilatlar 
o‘qituvchining sinf jamoasida, ota-onalar bilan muloqot qila bilishida, o‘quvchilar 
bilan aniq maqsadni ko‘zlagan holda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etishida va ularni 
boshqara olishida muvaffaqiyatlar garovidir.
Kasbiy faoliyatning noyob fazilati bo‘lmish pedagogik muloqot madaniyatiga 
amal qiladigan yosh o‘qituvchi quyidagi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi 
lozim: 

mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy talablari va ehtiyojlariga mos bo‘lgan 
yuksak ma’naviyat darajasidagi qarashlar, kuchli va barqaror e’tiqod, davlatimiz 
ideallari, milliy g‘oya va istiqlol mafkurasiga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik 
tuyg‘ulari shakllangan ijtimoiy-siyosiy faol shaxs; 

o‘quvchilarga samimiy mehr–muhabbat, ularning har qanday ehtiyojlari, 
qiziqishlari, hatti-harakatlari motivlarini, xulq-atvorlarini tushunish ko‘nikmasi va 
malakasining shakllanganligi; 

jamiyatda ro‘y berayotgan hodisalar, jahonda ro‘y berayotgan voqealar, 
tabiatga, borliqqa, shaxslararo, guruhlararo, millatlararo munosabatlarga nisbatan 
pedagogik kuzatuvchanlik, yangilikka, ijodiy izlanishga nisbatan intilish 
qobiliyatining mavjudligi; 

pedagogik faoliyatning barcha jabhalarida odamlarning hatti-harakatlari, 
munosabatlaridagi xususiyatlarni oqilona tushunish, o‘z faoliyatiga nisbatan 
refleksiv munosabatni tarkib toptirish; 

har qanday favqulotda vaziyatlarga, jamiyatda ro‘y berayotgan yangiliklarga 
nisbatan hamda ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlarga omilkorlik va aql idrok bilan 
munosabatda bo‘lish, o‘z oldiga to‘g‘ri maqsad qo‘ya olish, reja tuzish, bevosita 
nazorat qilish, boshqarish va o‘z imkoniyatlarini namoyon eta olish; 

pedagogik faoliyatlarda, jamoatchilik tizimida muvaqqat guruhiy 
munosabatlarda ommaviy harakatlarda tashkilotchilik va boshqaruvchanlik 
qobiliyatini namoyish etishi; 

dunyoqarashi va tafakkur ko‘lamining kengligi, dunyoviy bilimlarni bilishga 
nisbatan qiziqishining serqirraligi, ilmiy izlanishlarga moyilligi, muayyan ilmiy 
salohiyat va pedagogik mahorat darajasini muntazam oshirib borishi; 

o‘quvchilar bilan muloqotda layoqatliligi, nutq madaniyatining mantiqan 
ixcham, ma’noli, ta’sirchan kuchga egaligi, psixologik ta’sir o‘tkazish uslublari bilan 
qurollanganligi. 


Har bir o‘qituvchi uchun o‘quvchilarga to‘g‘ri, omilkor axborot uzatish va unga 
suhbatdoshini ishontira olishi kasbiy zaruriyat hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining 
muloqot madaniyati, ma’naviy olamining kengligi muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchi muloqot madaniyati asosida faoliyat olib borgan taqdirda ham, 
o‘quvchilar jamoasi orasida turli tushunmovchiliklar, ziddiyatlar paydo bo‘lishi 
tabiiy hol. Har qanday tajribali o‘qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida o‘ziga 
xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. O‘quvchilar jamoasida sodir bo‘ladigan har qanday 
pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o‘qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik 
faoliyatida namoyon bo‘ladigan tipik hodisa.
Ayniqsa, ushbu holat endigina o‘z faoliyatini boshlagan yosh o‘qituvchilarning 
pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. Yosh o‘qituvchilarning 
o‘quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish, 
ularga to‘g‘ri yo‘nalish berish, barcha o‘quv muassasalari pedagogik 
jamoatchiligiga, ustoz o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik 
faoliyatda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan o‘qituvchining yoshiga va ish 
tajribasi ko‘lamiga odatda o‘quvchilar hech qachon e’tibor bermaydilar. Chunki, 
o‘quvchilar yoshidan va tajribasidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilarni ustoz deb 
ataydilar. O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya va pedagogik muloqotning o‘ziga xos 
an’analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari mavjud.
Pedagogik muloqotga doir barcha mashqlarning umumiy yo‘nalishini mavjud 
pedagogik vaziyatlarda malaka hosil qilish uchun, har bir muloqot 
ishtirokchilarining imkoniyatlarini ochishga ko‘maklashuvchi uning shaxsiy 
hislatlarini rivojlantirib borishni ta’minlovchi vositalardan foydalanish taklif qilinadi. 
Muloqotga ba’zi o‘quvchilarning sub’ektiv qarashlarini aniqlash, shu o‘quvchi bilan 
muloqotni oqilona hal qilinishi uchun zarur bo‘lgan vazifalarni belgilash, uning 
xulqini tuzatish yoki unda shunchaki ishonch kayfiyatini yaratish kerak.
Mazkur vaziyatlarda o‘zaro harakatlarning tizimli vositalari majmuasi 
quyidagicha belgilanishi mumkin:
• muloqot 
jarayonida 
tarbiyalanuvchi 
ob’ektning 
javob 
harakati 
imkoniyatlarini oldindan ko‘ra bilish;
• ob’ektda psixologik to‘siq va salbiy qarashlarni keltirib chiqaruvchi 
vositalarni qo‘lga kiritish;
• vaziyatning o‘zgarishiga qarab foydalanish mumkin bo‘lgan muloqotlarning 
bir nechta modeliga ega bo‘lish;
• o‘quvchilar jamoasi fikrlarini tinglash, ularning mulohazalariga qo‘shilish, 
ularga hamdardlik ko‘nikmasini rivojlantirib borish;


• o‘zaro muloqot natijalarini baholash va erishilgan yutuqlar hamda 
kamchiliklarni pedagogik-psixologik vositalar asosida taqqoslash.
Pedagogik faoliyat va pedagogik muloqot xarakteri o‘qituvchining shaxsi, 
uning qarashlari nuqtai nazarlarida va xulqida namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy siyosiy 
saviyasi, professional tayyorgarligi va bilishga intilishi bilan uzviy bog‘liq. Bu asosiy 
hislatlardan tashqari o‘qituvchining umumiy va boshqa qobiliyati, uning moyilligi 
xarakteri, muvaqqat psixik holatlari, shuningdek, to‘plangan tajribasi muhim 
ahamiyatga ega. O‘qituvchi shaxsining professional jihatlarini va o‘z-o‘zini 
tarbiyalash yo‘llaridan biri o‘zining sifat va hislatlarini, shuningdek pedagogik 
faoliyat va muloqotlarining barqaror xususiyatlariga, o‘qituvchi bilimining saviyasi 
va tarbiyalanganligi natijasida erishilgan natijalarini tahlil qilishga doir mashqlarda 
ham namoyon bo‘ladi. 
Pedagogik muloqotda muomala madaniyati 
Mustaqillikdan keyin amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar tufayli 
ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Odamlarning ongi, dunyoqarashi o‘zgardi. 
Pedagogik kasbga nisbatan talab va javobgarlik ham kuchaydi, o‘qituvchilarning 
jamiyat oldidagi vazifalari yanada oshdi. Buyuk ma’naviyatimizni tiklash va yanada 
yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini 
mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg‘unlashtirish, uni jahon andozalari 
darajasiga chiqarish, o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini 
hosil qilish kabi vazifalarga javobgarlik hissi o‘qituvchilar zimmasiga yuklatildi.
Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va hatti-harakatlari 
o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi 
haqidagi qarashlari, uning hatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy 
madaniyatiga mos kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish 
ham ijobiy natijalar bermaydi. O‘qituvchi sub’ekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi 
qattiq avtoritar intizom ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, 
natijada o‘quvchining ichki hissiyoti hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga 
yo‘naltiruvchi eng muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning 
muloqot madaniyatiga asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va 
psixologik fanlarda o‘ziga xos ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin