Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari


Pedagogik nizo va uning sabablari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma

Pedagogik nizo va uning sabablari 
Nizo istaklari, qiziqishlari, qadriyatlari yoki tushunchalari mos kelmasligi 
sababli yuzaga keladigan ikki yoki undan ortiq sub’ektlar o’rtasidagi ijtimoiy o’zaro 
aloqalar shakli (sub’ektlar individ/guruh/o’z o’zi bilan– ichki nizolar holatlarida
bo’ladi).
“Nizo”va “nizoli vaziyat” tushunchalarini ajratishni bilish kerak, ular o’rtasida 
katta farq bor. 
Nizoli vaziyat – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida haqiqiy qarama-qarshilikni 
yuzaga keltiruvchi insonlar manfaatlarining mos kelmasligi.Asosiy belgisi – nizo 
predmeti yuzaga kelishi, lekin hozircha ochiq faol kurashning yo’qligi. 
Ya’ni to’qnashuv rivojlanishi jarayonida nizodan oldin har doim nizoli vaziyat 
yuzaga keladi, uning asosi hisoblanadi. 
Nizolarni to’rt turlari ko’rsatiladi: 
ichki shahsiy,shahsning kuchi bo’yicha tahminan teng motivlari, 
qiziqishlari, ishqibozligi, manfaatlarining kurashini aks ettiruvchi; 
shahslararo, o’z hayotiy faoliyatida qarama-qarshi maqsadlarni amalga 
oshirishga intiluvchi shahslarni ifoda etadi; 
guruhlararo, biri-biriga mos kelmaydigan maqsadlarni ko’zlagan va ularni 
amalga oshirish yo’lida bir-biriga to’sqinlik qiluvchi ijtimoiy guruhlar nizo tomonlari 
sifatida ishtirok etishlari bilan ajralib turadi; 
shahsiy-guruhli–shahsning hulqi guruh qoidalari va umidlariga mos 
kelmasligi holatlarida yuzaga keladi. 
Pedagogik jarayon o’ziga xos murakkab ijtimoiy tuzilma bo’lib, shahslararo 
aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub’ekt 
o’rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham 
kuzatiladi. 
Pedagogik konflikt–pedagogik jarayonda shahslararo munosabatlarning 
keskinlashuvi natijasi sifatida yuzaga keluvchi muamoli vaziyatdir. Pedagogik 
konfliktlarning quyidagi shakllari yuzaga keladi:


1. O’quvchi-o’quvchi 
2. O’quvchi-o’qituvchi 
3. O’qituvchi-o’qituvchi 
Pedagogik jarayonning muhim ishtirokchisi o’quvchi bo’lib, ular orasidagi 
aksar konfliktlar kichik guruhlarda liderlikka intilish natijasida namoyon bo’ladi.
Bunda shahslararo konflikt qoloq lider va guruhda e’tibor qozonayotgan ikkinchi 
lider o’rtasida vujudga kelishi kuzatiladi. Konfliktli vaziyat guruhdagi ikki lider 
o’rtasida vujudga kelib, ular konfliktga nafaqat o’zlarini, balki tarafdorlarini ham 
tortishi mumkin. Bu esa konfliktik eskalyatsiyani, ya’ni uni miqyosini kengayishiga 
sabab bo’ladi. Ayrim hollarda ikki lider o’rtasidagi kofliktga tortilgan tarafdorlar 
hududiy manfaatlar doirasida yuzaga kelsa, shahslararo konfliktning ko’lami etnik 
yoki hududiy mojarolar darajasigacha ko’tarilishi mumkin.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin