аnglаtаdi. Pеdаgоg оdоbi tushunchаsining mаzmuni ахlоqiylik bilаn birgа iqtisоdiy,
siyosiy, huquqiy jihаtlаrni hаm o’z ichigа qаmrаb оlаdi.
Ахlоqiy tа’lim-tаrbiyaning tаrkibiy qismi sifаtidа pеdаgоg оdоbi fаzilаtlаrini
shаkllаntirishdа ikki yo’nаlishdаgi аlоqаdоr tushunchаlаrni
tаhlil qilish mаqsаdgа
muvоfiqdir: birinchisi – jаmiyatning o’qituvchi shахsigа munоsаbаti; ikkinchisi –
o’qituvchi shахsining jаmiyatgа munоsаbаti.
O’qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun
muhim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. Umuminsoniy va milliy-axloqiy
fazilatlar barcha kishilar, hamma kasb egalari, jumladan, o’qituvchi-tarbiyachilar
uchun ham juda zarurdir.
Axloqiy fazilatlar mehnat jarayonida kishining xulqi, fe‘l-atvorini tartibga solib
turuvchi axloqiy qoidalar, normalar, talablar, mezonlar shaklida ifodalanadi. Axloq
normalari davlatning turli qonunlari bilan amalga oshiriladigan huquq normalaridan
farq qilib, ommaviy odat va namuna kuchi, jamoatchilikning fikri ta‘sirida
yuzaga
keladi. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiy voqelik shaxs oldiga ma‘lum axloqiy
talablar qo’yadi, bu talablar axloq normasi, axloqiy fazilatlar shaklida ifodalanadi.
Jamiyat o’z faoliyati va istiqboli uchun xizmat qiladigan axloq normalari, talablari,
mezonlarini belgilaydi.
O’qituvchi umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlarni o’zlashtirib olishi,
tajribada qo’llashi, o’zining dunyoqarashi, mafkurasi vaa axloqiy tajribasi bilan
taqqoslash lozim. Fikrlash va his etish, turmushda sinab ko’rish natijasida
umuminsoniy va milliy-axloqiy sifatlar, qoidalar, normalar o’qituvchining o’z axloqiy
fazilatiga, e‘tiqodiga aylanadi. Bular muallimning dunyoqarashi, fikr va mulohazalari
bilan qo’shilib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish sharoitida uning o’rni
va rolini belgilaydi.
O’qituvchi odobining normalari har bir
muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy
fazilati va e‘tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tiqod va sifatlar o’qituvchining dars
berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, o’quvchilar, ota-onalar va boshqa kishilar
bilan muomala, munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi
bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishida ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi
axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning
yoshlarga axloqiy ta‘sirining samaradorligida, axloqiy
tarbiya sohasida erishgan
yutuqlarida namoyon bo’ladi.
O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy-axloqiy fazilatlar,
tushunchalariga mos keladi va ularni pedagogik faoliyat bilan bog’liq tarzda bir
qadar oydinlashtiradi, aniqlaydi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy g’urur,
baynalmilalchilik, adolat, yaxshilik qilish, burch, qadr-qimmat, mas‘uliyat, vijdon,
halollik, rostgo’ylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida
pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda tahlil qilinadi. Bolalarga yaxshilik qilish,
o’qituvchilik burchi, o’qituvchilik sha‘ni,
qadr-qimmati, o’qituvchilik mas‘uliyati,
o’qituvchilik vijdoni, talabchanlik va adolatli bo’lish, o’qituvchining ma‘naviy qiyofasi
halolligi, pokligi, rostgo’yligi kabilar o’qituvchi axloqining muhim fazilatlari
hisoblanadi. Ularning chuqur va puxta o’zlashtirish bo’lajak o’qituvchi uchun katta
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Muomala odobi o’z tabiati, mohiyatiga ko’ra ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy
qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo’ladi.
Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma‘naviy, umuminsoniy va milliy axloqiy
qadriyatlarga
asoslanadi.
Ijtimoiy
munosabatlar
pedagogik
jarayonda
qatnashuvchilar o’rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi.
Ijtimoiy munosabatlarning har biri o’ziga xos xususiyatga, mezonlarga ega. Bu
xususiyat va mezonlar ijtimoiy faoliyatning sohasi, shaxslararo aloqalarning
xarakteri bilan belgilanadi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo’lgan axloqiy
qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o’rtasidagi, shaxsiy va ijtimoiy
manfaatlar orasidagi bog’lanishlarga asoslanadi.
Muomala odobi bevosita baho beruvchanlik xususiyatiga ham ega. Axloqiy
baho esa kishilarning xulqini, xatti-harakatlarini
nazorat qiladi, tartibga soladi.
Muomala-munosabatlar kishi o’z xulqi va faoliyatida axloqiy printsiplar, qoidalar,
talablar, an‘analarga, urf-odatlarga qay darajada amal qilayotganiga qarab
baholanadi.
Pedagogik jarayonda sodir bo’ladigan muomala odobida muallimning axloqiy
madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. Muallimning pedagogik kasb
egasi sifatida o’ziga, o’z kasbiga, o’quvchilarga, kasbdoshlariga, ota–onalariga
muamolasini belgilovchi asosiy qoidalar, talablar mavjud. Bu mezonlar jamiyat,
davlat o’qituvchiga, ta‘lim–tarbiya ishlariga nisbatan qo’yayotgan axloqiy
talablariga, pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va xususiyatlariga asoslanadi.
Pedagogik jarayonda muomila odobi o’qituvchining faoliyatida namoyon bo’ladi.
O’qituvchilik faoliyatida qo’yiladigan axloqiy talablar, o’z
navbatida, O’zbekiston
Respublikasi rahbariyati yosh avlodni umuminsoniy va milliy–an‘anaviy, madaniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasida kun tartibiga qo’yayotgan vazifalariga
bog’liq. Ular pedagogik jarayondagi muomala odobida, unda qatnashayotgan
kishilaning xulqi, xatti-harakatlarida ifodalanadi. Bu xatti- harakatlar pedagogik
jarayon qatnashchilarining ta‘lim-tarbiya maqsadi, vazifalari, usul va vositalarini,
axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari shaklida namoyon bo’ladi.