O‘qituvchi deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol-javob qiladi,
ularning yaxshi xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo‘ya
hatti-harakatlari uchun tanbeh berib, lozim bo‘lganda tarbiyaviy metodlarni
qo‘llaydi.
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doimiy ijodiy
izlanishda bo‘lgan o‘qituvchi tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi,
ilm-fan muammolari, tarbiya etikasi va psixologiyasi yuzasidan erkin fikr yurita
oladi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimiga ma’lum
darajada kirib borib, ularning ichki qoidalarini o‘rganishga harakat qilishi kerak. Bu
narsa o‘quvchilar bilan suhbatlashish orqali, fe’l-atvorini o‘rganish, tengdoshlari va
kattalar bilan munosabatlarini kuzatish, o‘quvchilar hayotidagi turli voqealar va
muammolarni birgalikda tahlil qilish, ular muhitida ro‘y berayotgan hodisalarga
nisbatan fikr-mulohazalarini bilish asosida amalga oshiriladi. Bunda u o‘quvchilar
jamoasida ro‘y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo bilib
bo‘lmaydigan yashirin hodisalar va voqealarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Natijada o‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o‘z oldida turgan vazifalarni hal
etishda o‘quvchilarning o‘zlarini ham jalb qila oladi.
Dostları ilə paylaş: